Kuzatuvchi » Siyosiy » NOGIRONLIGI BO'LGAN SHAXSLARGA QULAY VA TO'SIQLARSIZ MUHIT YARATILADI

NOGIRONLIGI BO'LGAN SHAXSLARGA QULAY VA TO'SIQLARSIZ MUHIT YARATILADI

“Nogironligi bo'lgan shaxslarga qulay va to'siqlarsiz muhit yaratish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident Qarori (PQ-266-son, 18.07.2024-y.) qabul qilindi.

Qarorga ko'ra, 2024-yil 1-oktyabrdan:

rekonstruksiya qilinadigan va ta'mirlanadigan shaharsozlik faoliyati obyektlarining shaharsozlik hujjatlari loyihalarining texnik qismi nogironligi bo'lgan shaxslarga sharoitlar yaratish bo'yicha shaharsozlik norma va qoidalarida belgilangan talablarga muvofiqligi yuzasidan majburiy ekspertizadan o'tkaziladi;

har yili “Xavfsiz yo'l va xavfsiz piyoda” respublika jamg'armasi mablag'larining kamida 10 foizi chorrahalarda nogironligi bo'lgan shaxslar (piyodalar) uchun xavfsiz va to'siqsiz muhit yaratish bo'yicha qurilish-ta'mirlash va jihozlash ishlariga yo'naltiriladi.

2025-yil 1-yanvardan belgilangan faoliyat turlari bo'yicha litsenziya berishda obyektda shaharsozlik norma va qoidalarida belgilangan talablarga muvofiq nogironligi bo'lgan shaxslarga to'siqlarsiz muhit yaratilganligi bo'yicha Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasining xulosasini olish talab qilinadi.

 

Rafiqjon G‘ULOMOV, 

Qo‘shko‘pir tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti. 

 

Boshqa maqolalar

AҲОЛИ ИПОТЕКА КРЕДИТЛАРИ ОРҚАЛИ УЙ-ЖОЙ БИЛАН ТАЪМИНЛАНАДИ

personmaftuna 19-05-24, 01:24
0 AҲОЛИ ИПОТЕКА КРЕДИТЛАРИ ОРҚАЛИ УЙ-ЖОЙ БИЛАН ТАЪМИНЛАНАДИ

“2024 йилда ипотека кредитларини ажратиш механизмларини такомиллаштириш ва аҳолининг уй-жой шароитларини яхшилашга оид...

NIKOH YOSHIGA YETMAGAN FARZAND UNI TURMUSHGA BERGAN OTA-ONA

personmaftuna 24-01-24, 18:31
0 NIKOH YOSHIGA YETMAGAN FARZAND UNI TURMUSHGA BERGAN OTA-ONA JAVOBGARLIKGA TORTILADI

Ota-ona yoki ularning o'rnini bosuvchi shaxslar tomonidan nikoh yoshiga yetmagan shaxsni erga berish yoxud uylantirish...

AHOLINING KUNDALIK HAYOTIDA UCHRAYDIGAN HUQUQIY MUAMMOLARI

personmaftuna 29-06-24, 06:29
0 AHOLINING KUNDALIK HAYOTIDA UCHRAYDIGAN HUQUQIY MUAMMOLARI ANIQLANADI, TAHLIL QILINADI VA BARTARAF ETILADI

“Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham...

menu
menu