Kuzatuvchi » Siyosiy » XORIJIY INVESTORLAR KENGASHI MAJLISIDA ERISHILGAN KELISHUVLAR IJROSI TA'MINLANADI

XORIJIY INVESTORLAR KENGASHI MAJLISIDA ERISHILGAN KELISHUVLAR IJROSI TA'MINLANADI

“Xorijiy investorlar kengashining navbatdagi majlisi doirasida erishilgan kelishuvlarning ijrosini ta'minlash chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ–226-son, 18.07.2025-y.) qabul qilindi. Qaror bilan Prezident huzuridagi Xorijiy investorlar kengashi O'zbekiston tomonining yangilangan tarkibi tasdiqlandi. Qarorga ko'ra, Kengash kotibiyati nodavlat notijorat tashkilot sifatida tashkil etiladi hamda uning a'zoligiga xalqaro moliya institutlari ham jalb qilinadi. Kengash kotibiyati tomonidan xorijiy investorlar bilan to'g'ridan-to'g'ri ishlash orqali mamlakatimizda investisiya muhitini yaxshilash bo'yicha takliflar ishlab chiqiladi, shuningdek, loyihalarni amalga oshirish uchun investisiya mablag'larini jalb qilishga ko'maklashiladi. Bundan tashqari, Kengashning davlat organlari va tashkilotlari bilan bog'liq faoliyatini Kengash kotibiyati tomonidan muvofiqlashtirish bo'yicha mahalliy va xorijiy kompaniyalar vakillari bilan maslahatlashuvlar tashkil etiladi.

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.

Boshqa maqolalar

ИЖРО ЭТУВЧИ ҲОКИМИЯТ ОРГАНЛАРИНИНГ ШТАТ БИРЛИКЛАРИ СОНИ

personmaftuna 14-12-24, 16:13
0 ИЖРО ЭТУВЧИ ҲОКИМИЯТ ОРГАНЛАРИНИНГ ШТАТ БИРЛИКЛАРИ СОНИ МУВОФИҚЛАШТИРИЛДИ

“Ўзбекистон Республикаси Президентининг айрим ҳужжатларига республика ва маҳаллий ижро этувчи ҳокимият органларининг...

❗️SHAXS QANDAY HOLLARDA O‘ZBEKISTON FUQAROLIGINI YO‘QOTADI ?

personmaftuna 29-06-24, 09:33
0 ❗️SHAXS QANDAY HOLLARDA O‘ZBEKISTON FUQAROLIGINI YO‘QOTADI ?

O‘zbekiston Respublikasining 13.03.2020-yildagi O‘RQ-610-son Qonunining 25-moddasiga asosan, O‘zbekiston...

“QISHLOQ XO‘JALIGI KOOPERATIVI TO‘G‘RISIDA”GI QONUN QABUL

personmaftuna 19-11-24, 23:09
0 “QISHLOQ XO‘JALIGI KOOPERATIVI TO‘G‘RISIDA”GI QONUN QABUL QILINDI!

Qonun qishloq xo‘jaligi kooperativining tashkil etilishi, faoliyati, qayta tashkil etilishi va tugatilishi sohasidagi...

menu
menu