Kuzatuvchi » Siyosiy » ❗️SHAXS QANDAY HOLLARDA O‘ZBEKISTON FUQAROLIGINI YO‘QOTADI ?

❗️SHAXS QANDAY HOLLARDA O‘ZBEKISTON FUQAROLIGINI YO‘QOTADI ?

O‘zbekiston Respublikasining 13.03.2020-yildagi O‘RQ-610-son Qonunining 25-moddasiga asosan, O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi quyidagi hollarda yo‘qotiladi:

shaxs chet davlatning harbiy xizmatiga, xavfsizlik organlariga, huquqni muhofaza qiluvchi organlariga, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga xizmatga kirganligi oqibatida;

agar xorijda doimiy yashovchi shaxs yetti yil mobaynida uzrli sabablarsiz doimiy konsullik hisobiga turmagan bo‘lsa;

agar O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish bila turib yolg‘on ma’lumotlar yoki soxta hujjatlarni taqdim etish natijasida amalga oshirilgan bo‘lsa;

agar shaxs chet davlatning foydasini ko‘zlab faoliyat ko‘rsatgan holda yoki tinchlik va xavfsizlikka qarshi jinoyatlar sodir etish yo‘li bilan jamiyat hamda davlat manfaatlariga jiddiy zarar yetkazgan bo‘lsa;

agar shaxs ixtiyoriy ravishda chet davlatning fuqaroligini olgan bo‘lsa;

agar shaxs chet davlatning fuqaroligini tug‘ilganlik bo‘yicha yoxud chet davlat fuqarosi bo‘lgan otasining yoki onasining fuqaroligi asosida, voyaga yetmagan yoshida olgan bo‘lsa va yigirma bir yoshga to‘lguniga qadar chet davlat fuqaroligidan chiqishni rasmiylashtirmagan bo‘lsa.

Shaxsning O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini yo‘qotganligi oilaning boshqa a’zolarini fuqaroligi o‘zgarishiga sabab bo‘lmaydi.

 

U.NAVRUZOV,

 Yangiariq tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i. 

Boshqa maqolalar

TALABALARNI IJARAGA QO‘YGAN UY EGALARIDAN DAROMAD SOLIG‘I

personmaftuna 07-02-25, 13:52
0 TALABALARNI IJARAGA QO‘YGAN UY EGALARIDAN DAROMAD SOLIG‘I UNDIRILMAYDI️

Soliq kodeksining 378-moddasida soliq solinmaydigan daromad turlari keltirilgan bo‘lib, ushbu moddaning 19.1-bandida...

“YASHIL ENERGIYA” UCHUN AHOLIGA 8,9 MLRD SO‘M SUBSIDIYA

personmaftuna 17-12-24, 11:32
0 “YASHIL ENERGIYA” UCHUN AHOLIGA 8,9 MLRD SO‘M SUBSIDIYA BERILDI

Shu yilning yanvar-sentyabr oylarida 6 mingdan ortiq jismoniy shaxs ushbu dasturdan foydalandi. Ma’lumki, 2023-yil...

UY-JOY FONDI

personmaftuna 15-05-24, 18:11
0 UY-JOY FONDI

Uy-joy fondi – inson yashashi uchun yaroqli bo‘lgan turar joydan, shu jumladan uylar, kvartiralar, xizmat turar...

menu
menu