“QISHLOQ XO‘JALIGI KOOPERATIVI TO‘G‘RISIDA”GI QONUN QABUL QILINDI!
Qonun qishloq xo‘jaligi kooperativining tashkil etilishi, faoliyati, qayta tashkil etilishi va tugatilishi sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi.
Qonunga ko‘ra, qishloq xo‘jaligi kooperativi – qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshirish uchun pay usuliga, jismoniy va (yoki) yuridik shaxslarning ixtiyoriy ravishda birlashishiga asoslangan mustaqil tijorat tashkiloti hisoblanadi.
Kooperativ qishloq xo‘jaligi sohasida xizmatlar ko‘rsatish bilan bir qatorda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, saqlash, qayta ishlash va realizatsiya qilish, shuningdek qonunda taqiqlanmagan boshqa faoliyat turlari bilan shug‘ullanish huquqiga ega.
16 yoshga to‘lgan jismoniy shaxslar, shuningdek kooperativ ustavi talablariga javob beradigan yuridik shaxslar kooperativ a’zolari bo‘lishi mumkin.
Kooperativ a’zolarining reestri kooperativ boshqaruvi tomonidan yuritiladi va unda kooperativning har bir a’zosi to‘g‘risida tegishli ma’lumotlar ko‘rsatiladi.
Davlat organlari, boshqa tashkilotlar va mansabdor shaxslar kooperativning qonunchilikka muvofiq amalga oshirayotgan faoliyatiga aralashishga haqli emas.
R.EGAMBERDIYEV,
Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
XORIJGA CHIQISH BIOMETRIK PASPORTI
personmaftuna 20-03-24, 07:06O ‘ zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018- yil 26- dekabrdagi PQ -4079- son qarori bilan tasdiqlangan O ‘...
HAR BIR DAVLAT TAʼLIM TIZIMIDAGI O‘ZIGA XOS QOIDALARNI
personmaftuna 30-01-25, 10:12Har bir davlat taʼlim tizimining o‘ziga xos qonun-qoidalari bor. Ular mamlakat anʼanalari, odamlarning dunyoqarashi,...
ЧОРВАЧИЛИК ВА ПАРРАНДАЧИЛИК ХЎЖАЛИКЛАРИ ТЎЛАГАН ҚҚСНИНГ 50
personmaftuna 25-08-25, 02:40“Чорвачилик ва паррандачиликни қўллаб-қувватлаш, соҳада юқори қўшилган қиймат яратиш бўйича қўшимча чора-тадбирлар...