AYRIM IMTIYOZLI KREDITLAR BO'YICHA TO'LANGAN FOIZ TO'LOVLARINING BIR QISMI SUBSIDIYA SIFATIDA QAYTARILADI
Hukumat qarori (466-son, 24.07.2025-yil) bilan “Paxta xomashyosini yetishtirish uchun ajratilgan imtiyozli kreditlarni hosil yili yakuniga qadar qaytargan qishloq xo'jaligi subyektlariga ushbu kredit bo'yicha to'langan foiz to'lovlarining bir qismini subsidiya sifatida qaytarish tartibi to'g'risida”gi nizom tasdiqlandi. Nizom paxta xomashyosini yetishtirish uchun Qishloq xo'jaligini davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash jamg'armasining kredit resurslari hisobidan ajratilgan imtiyozli kreditlar bo'yicha to'langan foiz to'lovlarining 4 foiz punktini subsidiya sifatida qaytarish tartibini belgilaydi. Nizomga ko'ra, subsidiya oluvchi paxta xomashyosini yetishtirish uchun ajratilgan imtiyozli kreditlar va hisoblangan foiz to'lovlarini hosil yilining 31-dekabriga qadar to'liq qaytargan bo'lishi kerak. Arizalar tijorat bankining Bosh ofisi Subsidiya.mf.uz" portali orqali yuboriladi. Tijorat banki tomonidan barcha ma'lumotlar "Subsidiya.mf.uz" portaliga to'liq kiritilib, ariza shakllantirilgandan so'ng ajratiladigan subsidiya miqdori avtomatik ravishda hisoblab chiqiladi. Subsidiya oluvchining soliqlar va majburiy to'lovlardan qarzdorligi bo'lmaganda, subsidiya mablag'laridan erkin foydalanadi.
Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.
Boshqa maqolalar
UZLUKSIZ KASBIY RIVOJLANTIRISH SHAKLLARI
personmaftuna 18-03-24, 01:48Uzluksiz kasbiy rivojlantirishning maqsadi — xodimlarning egallab turgan lavozimlari, mutaxassisligi yoki dars...
“YANGI AVLOD” MAXSUS SANOAT ZONASI TASHKIL ETILADI
personmaftuna 27-05-24, 02:17“Toshkent shahrida “Yangi avlod” maxsus sanoat zonasini tashkil etish to'g'risida”gi Prezident Qarori (PQ-138-son,...
IJARADA YASHAYDIGAN YOSH OILALARNING IJARA TO‘LOVI UCHUN
personmaftuna 29-06-24, 09:29Vazirlar Mahkamasining 07.06.2022-yil kungi 312-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga asosan, -yoshlar daftariga...