Kuzatuvchi » Siyosiy » “YANGI AVLOD” MAXSUS SANOAT ZONASI TASHKIL ETILADI

“YANGI AVLOD” MAXSUS SANOAT ZONASI TASHKIL ETILADI

“Toshkent shahrida “Yangi avlod” maxsus sanoat zonasini tashkil etish to'g'risida”gi Prezident Qarori (PQ-138-son, 20.03.2024 y.) qabul qilindi.

Unga ko'ra, Toshkent shahri Yangihayot tumanida “Yangi avlod” maxsus sanoat zonasi (“Yangi avlod” MSZ) tashkil etiladi (faoliyat yuritish muddati 30 yil).

MSZ faoliyati davomida uning ishtirokchilariga maxsus iqtisodiy zonalari ishtirokchilari uchun belgilangan alohida soliq, bojxona imtiyozlari va boshqa preferensiyalar tatbiq etiladi.

MSZni boshqarish uchun mas'uliyati cheklangan jamiyat shaklida “Yangi avlod” boshqaruvchi kompaniyasi tashkil etiladi.

“Yangi avlod” MSZ hududida investisiya loyihalarini joylashtirish uchun zarur bo'lgan yer uchastkalari boshqaruvchi kompaniya tomonidan “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali ijaraga beriladi.

 MSZ hududida 2025-yil yakunigacha 1,5 milliard AQSH dollari miqdorigacha to'g'ridan-to'g'ri chet el investisiyalari o'zlashtirilishi, natijada 2,5 mingdan ortiq yangi ish o'rinlari yaratilishi ta'minlanadi.

J.OTAJONOV,

Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshligʻi.

 

Boshqa maqolalar

JISMONIY SHAXSLARNING BANKROT BO‘LISH ASOSLARI

personmaftuna 21-02-24, 04:18
0 JISMONIY SHAXSLARNING BANKROT BO‘LISH ASOSLARI

O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 26-moddasiga yakka tartibdagi tadbirkorning va yakka tartibdagi...

ISH STAJIGA QO‘SHIB HISOBLANADIGAN MEHNAT FAOLIYATI TURLARI

personmaftuna 13-04-24, 02:18
0 ISH STAJIGA QO‘SHIB HISOBLANADIGAN MEHNAT FAOLIYATI TURLARI

Quyidagilar ish stajiga qo‘shib hisoblanadi: a) 2019-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davr uchun — faoliyat turi, mulk va...

BILASIZMI?

personmaftuna 29-04-24, 01:45
0 BILASIZMI?

Mehnat kodeksiga ko‘ra, quyidagilar ishga qabul qilishni qonunga xilof ravishda rad etish hisoblanadi: ➖ mehnat va...

menu
menu