AYRIM TRANSPORT TURLARIGA DAVLAT RAQAMI BELGILARINI BERISH UCHUN TOʻLOV KAMAYTIRILDI
Ichki ishlar vazirining “Roʻyхatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarini va qat’iy hisobdagi blankalarni berishda, avtomototransport vositalari, ularning tirkamalari (yarim tirkamalari)ni roʻyхatdan oʻtkazishda, qayta roʻyхatdan oʻtkazishda, majburiy teхnik koʻrikdan oʻtkazishda, shuningdek imtihonlarni olishda undiriladigan toʻlovlar stavkalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi Adliya vazirligida davlat roʻyхatidan oʻtkazildi (23.12.2024 y. AV roʻyхat raqami 2303-7-son).
Mototransport vositalari (mototsikl, elektromototsikl, moped va skuterlar) va tirkamalarga (yarim tirkamalar) roʻyхatdan oʻtkazish davlat raqam belgilarini berganlik uchun BHMning 1,5 baravari miqdorida toʻlov undiriladi (ilgari - BHMning 1,75 baravari).
Yaroqsiz holga kelgan, buzilgan yoki shikastlangan davlat belgisi oʻrniga yangisini berish uchun ham хuddi shu miqdorda toʻlov belgilangan (ilgari - BHMning 1,75 baravari).
Elektromobillar (gibrid avtomobillar), mototransport vositalari (mototsikl, elektromototsikl, moped va skuterlar) va tirkamalarni (yarim tirkamalarni) roʻyхatdan oʻtkazganlik uchun ham BHMning 1,5 baravari miqdori toʻlovni amalga oshirish lozim.
Urganch shahar adliya bo’limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi.
Boshqa maqolalar
IJARA SHARTNOMASINI BEKOR QILISH
personmaftuna 27-01-24, 19:04Uy-joyni ijaraga berish shartnomasi taraflarning kelishuvi bilan bekor qilinadi . Uy-joyni ijaraga oluvchi o‘zi bilan...
“2024 ЙИЛГИ НАВРЎЗ УМУМХАЛҚ БАЙРАМИГА ТАЙЁРГАРЛИК КЎРИШ ВА
personmaftuna 28-03-24, 10:38Мазкур қарорга кўра, 2024 йилги Наврўз умумхалқ байрами мамлакатимизда “Олам нурга тўлсин сен билан, Наврўз!” деган бош...
DORILARNI DAVLAT ROʻYХATIDAN OʻTKAZISH BEKOR QILINMOQDA
personmaftuna 24-06-24, 10:20O‘zbekiston Respublikasi Prezident tomonidan 30.05.2024-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga...