Kuzatuvchi » Siyosiy » TOSHKENT SHAHRINING 2045-YILGACHA BOʻLGAN BOSH REJASI ISHLAB CHIQILDI

TOSHKENT SHAHRINING 2045-YILGACHA BOʻLGAN BOSH REJASI ISHLAB CHIQILDI

Vazirlar Mahkamasining 24.12.2024-yildagi 880-son qarori bilan Toshkent shahrining 2045-yilgacha boʻlgan davrga moʻljallangan bosh rejasi tasdiqlandi. 

Prezidentning 11.09.2023-yildagi PQ-299-son qaroriga muvofiq bosh reja Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi vazirligining loyihalash topshirigʻiga binoan soddalashtirilgan shaklda ishlab chiqilgan. 

Bosh rejada quyidagi vazifalarni hal etishga alohida e’tibor qaratilgan:

  • Toshkent hududlarini konservatsiya zonalari hamda rekonstruksiya va renovatsiya zonalariga ajratish;
  • aholining harakatlanish ehtiyojlarini qondirish va transport oqimining barqarorligini ta’minlash;
  • shahar hududlari zichligi parametrlarining barqarorligini ta’minlash uchun shaharsozlik talablarini belgilash.

Bosh rejani ishlab chiqishning asosiy maqsadlari:

  • qurilishga ruхsat berish jarayonlarini tartibga solish;
  • shaharning muhandislik va transport infratuzilmasini, aholi zichligi parametrlarini, shuningdek umumiy strategiyasini rejalashtirish;
  • shaharning yashil va sanitar himoyalanadigan hududlari hamda madaniy merosini muhofaza qilish;
  • iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish yoʻnalishlarini belgilash, aholining bugungi va istiqboldagi ehtiyojlarini qanoatlantirish.

Bosh reja asosiy koʻrsatkichlarni oʻz ichiga oladi, bunda ularni belgilovchi хaritalar Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi vazirligining shaharsozlik kadastrida ochiq ma’lumotlar sifatida joylashtiriladi.

Har chorak yakuni boʻyicha Vazirlar Mahkamasi majlisida Toshkent shahar hokimining bosh rejani amalga oshirish yakunlari toʻgʻrisidagi hisoboti eshitiladi.


Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.

 

Boshqa maqolalar

FUQAROLAR O‘Z HUQUQLARINI BUZAYOTGAN MANSABDOR SHAXSLARNING

personmaftuna 29-06-24, 08:39
0 FUQAROLAR O‘Z HUQUQLARINI BUZAYOTGAN MANSABDOR SHAXSLARNING QARORLARI USTIDAN MA’MURIY SUDLARGA MUROJAAT QILGANDA DAVLAT BOJ TO‘LAMAYDI

16.01.2024-yil kungi O‘RQ-897-son Qonun bilan “Davlat boji to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, ➖...

САЙЁР СОЛИҚ ТЕКШИРУВЛАРИ ВА СОЛИҚ АУДИТИ ҚАРОРЛАРИ УСТИДАН

personmaftuna 09-03-24, 00:58
0 САЙЁР СОЛИҚ ТЕКШИРУВЛАРИ ВА СОЛИҚ АУДИТИ ҚАРОРЛАРИ УСТИДАН ТЎҒРИДАН-ТЎҒРИ СУДГА ШИКОЯТ ҚИЛИШ МУМКИН

Президент имзолаган қонун (ЎРҚ-910-сон, 20.02.2024 й.) билан айрим қонун ҳужжатларига ўзгартиришлар киритилди. Қонун...

2024-YIL 1-MARTDAN QISHLOQ XO‘JALIGIGA MO‘LJALLANGAN YER

personmaftuna 23-01-24, 00:37
0 2024-YIL 1-MARTDAN QISHLOQ XO‘JALIGIGA MO‘LJALLANGAN YER UCHASTKALARI ELEKTRON AUKSION ORQALI 30 YILGA IJARAGA BERILADI

2024-yil 1-martdan boshlab qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berishda ochiq elektron tanlov...

menu
menu