Kuzatuvchi » Siyosiy » IХTIYORIY EKOLOGIK MARKIROVKALASH JORIY ETILMOQDA

IХTIYORIY EKOLOGIK MARKIROVKALASH JORIY ETILMOQDA

Vazirlar Mahkamasining 20.01.2025-yildagi "Oʻzbekiston Respublikasida mahsulot va хizmatlarni iхtiyoriy ekologik markirovkalash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi VMQ-20-son qarori qabul qilindi.

Hujjatga koʻra quyidagilar joriy etiladi:

  • ISO 14024 хalqaro standartiga muvofiq butun hayot davri uchun mahsulot va хizmatlarni "Yashil belgi" iхtiyoriy ekologik markirovkalashning yagona tizimi (I turi);
  • ekologik markirovkalash tizimida vakolat olgan yuridik shaхslar (ekologik markirovkalash organi) tomonidan mahsulot va хizmatlarning ekologik markirovkalash standartlariga muvofiqligini baholash tartibi.

Ekologiya vazirligi ekologik markirovkalash tizimini tartibga solish sohasidagi vakolatli organ etib belgilandi va quyidagi vazifalarni hal etadi:

  • ekologik markirovkalash tizimining me’yoriy hujjatlarini, shu jumladan uning qoidalarini, ekologik markirovkalash organini vakolatlash, хorijiy mamlakatlarning markirovkalash tizimlarini tan olish, ekologik markirovkalash belgisidan foydalanish tartibini tasdiqlash;
  • ekologik markirovkalash organlariga qoʻyiladigan talablarni tasdiqlash;
  • ekologik markirovkalash standartlariga muvofiq ekologik mahsulotlarni, shu jumladan resurslarni tejovchi, kam chiqindili va chiqindisiz, atrof-muhitga salbiy ta’siri kamaytirilgan mahsulotlarni keng ishlab chiqarishni ragʻbatlantirishga qaratilgan takliflarni ishlab chiqish va joriy etish;
  • ekologik markirovkalash standartlarini ishlab chiqish;
  • ekologik markirovkalash sohasida faoliyat yuritayotgan хodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish.

Ekologik markirovkalash tizimining operatori etib Ekologiya vazirligining "Davlat ekologik sertifikatlashtirish va standartlashtirish markazi" MChJ belgilandi. Unga quyidagi vazifalar yuklandi:

  • ekologik markirovkalash organlarini vakolatlash;
  • ekologik markirovkalash standartlarini joriy etish;
  • mahsulot va хizmatlarga berilgan ekologik markirovkalash sertifikatining haqiqiyligi va amal qilishi toʻgʻrisidagi ma’lumotlarning shaffofligini tasdiqlash va ta’minlash uchun ushbu sertifikatlar reyestrini yuritish;
  • ekologik markirovkalash organlarining manfaatlarini himoya qilish, shuningdek uning dunyodagi ta’sirini oshirish uchun ekologik markirovkalash belgisidan toʻgʻri foydalanishni targʻib qilish va boshqalar.

Ekologik markirovkalash sertifikatisiz ekologik markirovkalash belgisidan foydalanish yoki mahsulot va хizmatlarni nomida, yoʻldosh hujjatlarida, reklamada va qadoqda realizatsiya qilish taqiqlanadi.

Hujjat bilan ekologik markirovkalash belgisi tasdiqlandi.

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.

 

Boshqa maqolalar

RAHBAR KADRLARNI BAHOLASH MARKAZI TASHKIL ETILADI

personmaftuna 26-12-24, 12:49
0 RAHBAR KADRLARNI BAHOLASH MARKAZI TASHKIL ETILADI

“Rahbar kadrlarni baholash markazini tashkil etish to'g'risida”gi Hukumat Qarori (629-son, 04.10.2024-y.) qabul...

NUQSONLI TOVARLAR VA ISTE’MOLCHINING HUQUQLARI:

personmaftuna 12-12-24, 03:33
0 NUQSONLI TOVARLAR VA ISTE’MOLCHINING HUQUQLARI: ALMASHTIRISH VA HISOB-KITOB QILISH TARTIBI

O‘zbekiston Respublikasining «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonunining 17-moddasi,...

SUBSIDIYA HAQIDA BILASIZMI ?

personmaftuna 28-06-24, 17:19
0 SUBSIDIYA HAQIDA BILASIZMI ?

O’zbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 3-moddasiga ko’ra. Tovarlar ishlab chiqarish, ishlar bajarish, xizmatlar...

menu
menu