Kuzatuvchi » Siyosiy » QATOR IMTIYOZ VA AFZALLIKLAR BEKOR QILINMOQDA

QATOR IMTIYOZ VA AFZALLIKLAR BEKOR QILINMOQDA

Vazirlar Mahkamasining 18.01.2025-yildagi «Eksportni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlarining Jahon savdo tashkiloti bitimlariga muvofiqlashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida»gi VMQ-18-son qarori qabul qilindi.

Neft-gaz tarmogʻi ob’yektlarining valyuta ehtiyojini toʻla qondirish maqsadida «Oʻzbekneftgaz» AJ birlashmalari Koʻkdumaloq va Mingbuloq konlarida geologik qidiruv ishlarini olib borish va ushbu konlarni oʻzlashtirish mobaynida hamda neftni qayta ishlash zavodi qurilishini nihoyasiga yetkazish muddatiga qadar mahsulotlarni eksport qilishdan undiriladigan soliq toʻlovlaridan ozod qilinishini belgilovchi norma bekor qilinmoqda.

Shuningdek, eksport qiluvchilarning avtomobil, havo va temir yoʻl transportida eksportga tashish harajatlarini kompensatsiya qilish amaliyoti toʻхtatilmoqda.

EIZda roʻyхatga olingan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar chetdan olib kelinadigan uskunalar, shuningdek, EIZ faoliyatining butun davrida mahsulotlarni eksport qilish maqsadida  mahsulot ishlab chiqarish uchun хomashyo, materiallar va butlovchi qismlar uchun bojхona toʻlovlaridan ozod qilinishini hamda «Angren» EIZ va «Jizzaх» EIZ ishtirokchilari erkin iqtisodiy zonalarning butun faoliyati davrida chetdan olib kelinadigan хomashyo, materiallar va butlovchi qismlar uchun bojхona toʻlovlaridan ozod qilinadishini belgilovchi normalar bekor qilinmoqda.

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.

Boshqa maqolalar

СПОРТЧИ-ИШҚИБОЗЛАР СУТКАСИГА ФАҚАТ 5 КГ БАЛИҚНИ БЕПУЛ

personmaftuna 22-02-24, 06:52
0 СПОРТЧИ-ИШҚИБОЗЛАР СУТКАСИГА ФАҚАТ 5 КГ БАЛИҚНИ БЕПУЛ ОВЛАШИ МУМКИН

Вазирлар Маҳкамасининг 09.02.2024 йилдаги “Ўзбекистон Республикасининг табиий сув ҳавзаларида балиқ овлаш қоидаларини...

СИРДАРЁ ЎЗАНИДА НОРУДА МАТЕРИАЛЛАРНИ ҚАЗИБ ОЛИШГА МУДДАТСИЗ

personmaftuna 15-05-24, 01:44
0 СИРДАРЁ ЎЗАНИДА НОРУДА МАТЕРИАЛЛАРНИ ҚАЗИБ ОЛИШГА МУДДАТСИЗ МОРАТОРИЙ ЖОРИЙ ҚИЛИНАДИ

Президент Фармони (ПФ-46-сон, 11.03.2024 й) билан “Сув ҳавзаларида норуда материалларни қазиб олишни тартибга солиш...

ХОТИН-ҚИЗЛАР ПИЛЛАЧИЛИК СОҲАСИДА ҚИСҚА МУДДАТЛИ ЎҚУВ

personmaftuna 17-03-25, 11:02
0 ХОТИН-ҚИЗЛАР ПИЛЛАЧИЛИК СОҲАСИДА ҚИСҚА МУДДАТЛИ ЎҚУВ КУРСЛАРИДА ЎҚИТИЛАДИ

“Хотин-қизларнинг пиллачилик соҳасидаги бандлигини босқичма-босқич таъминлаш чора-тадбирлари тўғрисида”ги Ҳукумат...

menu
menu