TADBIRKORLAR ENDI OLIB CHIQILAYOTGAN KARANTIN OSTIDAGI MAHSULOTLARNI FUMIGATSIYA QILISHLARI MUMKIN
Prezident tomonidan 20.01.2025-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-1020-son Qonun imzolandi.
Yuridik shaхslar Oʻzbekistondan olib chiqilayotgan karantin ostidagi mahsulotning fumigatsiyasini amalga oshirishlari mumkin. Buning uchun ular tegishli litsenziya olishlari kerak.
Ma’lumot uchun: fumigatsiya — oʻsimliklar karantini obyektlarini va boshqa zararli organizmlarni yoʻq qilish maqsadida ularni kimyoviy vositalarning gazlari bilan zararsizlantirish.
Litsenziya Oʻsimlik karantini va himoyasi agentligi tomonidan beriladi. Litsenziya uchun davlat boji miqdori – BHMning 3 baravarini tashkil etadi.
Mazkur faoliyat bilan litsenziyasiz shugʻullanish BHMning 250 baravari miqdorida jarimaga tortish bilan jazolanadi.
Shunga koʻra:
• «Oʻsimliklar karantini toʻgʻrisida»;
• «Davlat boji toʻgʻrisida»;
• «Litsenziyalash, ruхsat berish va хabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida»gi qonunlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.
Mazkur faoliyatni litsenziyalash tartibi hamda olib chiqilayotgan karantin ostidagi mahsulotni fumigatsiyalash tartibi 6 oy ichida ishlab chiqiladi.
Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.
Boshqa maqolalar
ISHLAB CHIQARISH TA’LIMI SHARTNOMASI NIMA?
personmaftuna 08-12-24, 13:11Mehnat munosabatlariga kirishayotgan har bir shaxs mehnatga doir qonunchilik bilan yuzlashadi. Mazkur munosabatlarning...
“БАНКЛАРДАГИ ОМОНАТЛАРНИ ҲИМОЯ ҚИЛИШ КАФОЛАТЛАРИ
personmaftuna 19-03-25, 06:23Қонун жисмоний шахсларнинг, шу жумладан якка тартибдаги тадбиркорларнинг, шунингдек юридик шахсларнинг банклардаги...
МАРКАЗИЙ БАНК АСОСИЙ СТАВКАНИ ЙИЛЛИК 14 ФОИЗ ДАРАЖАСИДА
personmaftuna 28-05-24, 03:34Иқтисодиётдаги инфляцион жараёнларга фундаментал монетар омиллар таъсири босқичма-босқич камайиб бормоқда. Шу билан...