Kuzatuvchi.uz / TADBIRKORLAR ENDI OLIB CHIQILAYOTGAN KARANTIN OSTIDAGI MAHSULOTLARNI FUMIGATSIYA QILISHLARI MUMKIN

TADBIRKORLAR ENDI OLIB CHIQILAYOTGAN KARANTIN OSTIDAGI MAHSULOTLARNI FUMIGATSIYA QILISHLARI MUMKIN

Prezident tomonidan 20.01.2025-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-1020-son Qonun imzolandi.

Yuridik shaхslar Oʻzbekistondan olib chiqilayotgan karantin ostidagi mahsulotning fumigatsiyasini amalga oshirishlari mumkin. Buning uchun ular tegishli litsenziya olishlari kerak.

Ma’lumot uchun: fumigatsiya — oʻsimliklar karantini obyektlarini va boshqa zararli organizmlarni yoʻq qilish maqsadida ularni kimyoviy vositalarning gazlari bilan zararsizlantirish.

Litsenziya Oʻsimlik karantini va himoyasi agentligi tomonidan beriladi. Litsenziya uchun davlat boji miqdori – BHMning 3 baravarini tashkil etadi.

Mazkur faoliyat bilan litsenziyasiz shugʻullanish BHMning 250 baravari miqdorida jarimaga tortish bilan jazolanadi.

Shunga koʻra:

•  «Oʻsimliklar karantini toʻgʻrisida»;

•  «Davlat boji toʻgʻrisida»;

•  «Litsenziyalash, ruхsat berish va хabardor qilish tartib-taomillari   toʻgʻrisida»gi qonunlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.

Mazkur faoliyatni litsenziyalash tartibi hamda olib chiqilayotgan karantin ostidagi mahsulotni fumigatsiyalash tartibi 6 oy ichida ishlab chiqiladi.

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.

15-02-2025, 01:25
Saytga qaytish