Kuzatuvchi » Siyosiy » IJARA SHARTNOMASINI BEKOR QILISH

IJARA SHARTNOMASINI BEKOR QILISH

Uy-joyni ijaraga berish shartnomasi taraflarning kelishuvi bilan bekor qilinadi.

  • Uy-joyni ijaraga oluvchi o‘zi bilan birga doimiy yashaydigan boshqa fuqarolarning roziligi bilan ijaraga beruvchini 3 oy avval yozma ravishda ogohlantirib, istalgan vaqtda ijara shartnomasini bekor qilishga haqli.

Uy-joyni ijaraga berish shartnomasi ijaraga beruvchining talabiga binoan sud tartibida bekor bo‘lishi mumkin

  1. agar shartnomada uzoqroq muddat belgilangan bo‘lmasa, ijaraga oluvchi tomonidan uy-joy uchun olti oy mobaynida, qisqa muddatli ijarada esa shartnomada belgilangan haq to‘lash muddati o‘tganidan keyin ikki martadan ko‘proq haq to‘lanmagan bo‘lsa;
  2. ijaraga oluvchi yoki xatti-harakatlari uchun ijaraga oluvchi javobgar bo‘lgan boshqa fuqarolar tomonidan uy-joy vayron qilinsa yoki unga putur y  etkazilsa;
  3. uy-joydan g‘ayrihuquqiy qilmishlarni sodir etish uchun foydalanilgan bo‘lsa, ijaraga beruvchining talabiga binoan sud tartibida bekor qilinishi mumkin.

Uy-joyni ijaraga berish shartnomasi istalgan tarafning talabiga binoan sud tartibida bekor bo‘lishi mumkin

  1. agar uy-joy doimiy yashash uchun yaroqli bo‘lmay qolsa, shuningdek avariya holatiga kelib qolsa;
  2. uy-joy to‘g‘risidagi qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarda shartnomadagi istalgan tarafning talabiga binoan sud tartibida bekor qilinishi mumkin.

Agar uy-joyni ijaraga oluvchi yoki xatti-harakatlari uchun ijaraga oluvchi javobgar bo‘lgan boshqa fuqarolar uy-joydan uning vazifasiga binoan foydalanmasalar yoxud muntazam ravishda qo‘shnilarning huquqlari va manfaatlarini buzsalar, ijaraga beruvchi ijaraga oluvchini qoidabuzarliklarga barham berish zarurligi to‘g‘risida ogohlantirishi mumkin.

  • Agar ijaraga oluvchi yoki xatti-harakatlari uchun ijaraga oluvchi javobgar bo‘lgan boshqa fuqarolar ogohlantirish olganlardan keyin ham uy-joydan uning vazifasiga binoan foydalanmaslikni yoki qo‘shnilarning huquq va manfaatlarini buzishni davom ettirsalar, ijaraga beruvchi uy-joyni ijaraga berish shartnomasini sud tartibida bekor qilishga haqli.

Uy-joyni ijaraga berish shartnomasini bekor qilish uchun asos bo‘lgan qoidabuzarliklarga barham berish tartibi va muddatlari qonun bilan belgilab qo‘yiladi.

  • Belgilangan tartibga ko‘ra ijara shartnomasi taraflarning kelishuvi bilan bekor qilinadi.
  • Ijara shartnomasini ijaraga beruvchining talabi bilan bekor qilish muayyan asoslarga ko‘ra faqat sud tartibida amalga oshiriladi.

 

N.NURJONOV,

Yangibozor tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i. 

Boshqa maqolalar

КАМБАҒАЛ ОИЛАЛАРГА ТАДБИРКОРЛИК БИЛАН ШУҒУЛЛАНИШИ УЧУН

personmaftuna 19-03-25, 06:18
0 КАМБАҒАЛ ОИЛАЛАРГА ТАДБИРКОРЛИК БИЛАН ШУҒУЛЛАНИШИ УЧУН ФОИЗСИЗ ССУДАЛАР АЖРАТИЛАДИ

“Аҳолини тадбиркорликка жалб қилиш ва бандлигини таъминлаш учун молиявий ёрдамлар ажратиш тизимини такомиллаштиришга...

QURILISH OB'EKTLARIDA ISHLASH MAQSADIDA KELGAN SHAXSLAR

personmaftuna 12-06-25, 02:43
0 QURILISH OB'EKTLARIDA ISHLASH MAQSADIDA KELGAN SHAXSLAR MAZKUR JOYLARDA VAQTINCHA TURGAN JOYI BOʻYICHA ROʻYXATGA OLINADI

Vazirlar Mahkamasining qarori (868-son, 21.12.2024-y.) bilan Hukumatning ayrim qarorlariga oʻzgartirish va...

XODIMGA OLTI OYDAN KAM ISHLAGAN TAQDIRDA HOMILADORLIK VA

personmaftuna 20-03-24, 06:45
0 XODIMGA OLTI OYDAN KAM ISHLAGAN TAQDIRDA HOMILADORLIK VA TUGʻISH NAFAQASI TOʻLANADIMI?

Xodimalarga homiladorlikning 30-haftasidan boshlab homiladorlik va tugʻish ta’tillari taqdim qilinadi ( Yoʻriqnoma...

menu
menu