NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLAR LOYIHALARINING ILMIY EKSPERTIZASINI OʻTKAZISH TARTIBI BELGILANDI
Vazirlar Mahkamasining 22.01.2025-yildagi «Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining ilmiy asoslanganlik darajasini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi VMQ-29-son qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ilmiy ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Mazkur hujjatga asosan, qonun loyihalari boʻyicha-tegishli sohadagi davlat ekspertlik ilmiy-tadqiqot muassasalari tomonidan begʻaraz asosda, qonunosti hujjatlari loyihalari boʻyicha – tegishli sohadagi davlat ekspertlik ilmiy-tadqiqot muassasalari, davlat ilmiy-tadqiqot muassasalari hamda davlat oliy ta’lim muassasalari tomonidan kelishuv asosida ilmiy ekspertizadan oʻtkaziladi.
Adliya vazirligi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ilmiy ekspertizadan oʻtkazuvchi davlat ekspertlik ilmiy-tadqiqot muassasalari, davlat ilmiy-tadqiqot muassasalari hamda davlat oliy ta’lim muassasalari Reyestrini yuritadi.
Reyestrga kirish uchun muassasa Adliya vazirligiga tegishli soʻrov bilan murojaat etishi lozim.
Hujjat loyihasi ishlab chiquvchi tomonidan Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimi orqali yuboriladi.
Ilmiy ekspertiza natijalariga koʻra quyidagi хulosalardan biri tayyorlanadi:
- loyiha ilmiy asoslangan;
- loyiha yetarli darajada ilmiy asoslanmagan;
- loyiha ilmiy asoslanmagan.
Xulosa tavsiyaviy hususiyatga ega, biroq loyihani ishlab chiquvchi uni loyihani Adliya va loyihani qabul qiluvchi organga kiritayotganda ilova qilishi shart.
Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.
Boshqa maqolalar
TOSHKENT VA JIZZAХ VILOYATLARIDA CHARM-POYABZAL SANOATI
personmaftuna 01-06-24, 02:07Prezidentning 20.05.2024-yildagi “Charm-poyabzal, ipakchilik va gilamchilik tarmoqlarini rivojlantirishni yangi...
DXSH ASOSIDA BOG‘CHA TASHKIL QILISH UCHUN AJRATILGAN
personmaftuna 22-03-24, 00:29U kelasi yilning 1-oktabrigacha amal qilib, bu davrda tadbirkorlar tomonidan kredit bo‘yicha faqat foiz to‘lovlari...
DAVLAT FUQAROLIK XIZMATCHISI CHET ELDA MOLK-MULK OLISHI
personmaftuna 20-06-25, 13:20Qonunchilikka ko ' ra , davlat fuqarolik xizmatchisi O ' zbekistondan tashqarida hisobvaraqlar ochishga va ularga ega...