DXSH ASOSIDA BOG‘CHA TASHKIL QILISH UCHUN AJRATILGAN KREDITLARNING IMTIYOZLI MUDDATI UZAYTIRILDI
U kelasi yilning 1-oktabrigacha amal qilib, bu davrda tadbirkorlar tomonidan kredit bo‘yicha faqat foiz to‘lovlari amalga oshiriladi.
“Maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni yanada qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi prezident qarori qabul qilindi.
Unga ko‘ra, tadbirkorlarga, ularning xohishi bilan, 2018−2022 yillarda DXSh asosidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish uchun tuzilgan bitimlarga muvofiq ajratilgan imtiyozli kreditlar bo‘yicha imtiyozli davr muddatini 2024-yilning 1-oktabrigacha uzaytirishga ruxsat etildi.
Bunda imtiyozli davr davomida tadbirkorlar tomonidan kredit bo‘yicha faqat foiz to‘lovlari amalga oshiriladi. Imtiyozli davrda to‘lanishi lozim bo‘lgan asosiy qarz bo‘yicha to‘lovlar kredit davrining qolgan qismiga teng miqdorda taqsimlanadi.
Davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish uchun imtiyozli kreditlar loyiha tashabbuskorlariga quyidagi tabaqalashtirilgan foiz stavkalarida va shartlarda ajratiladi:
- Toshkent shahrida — 10 yil muddatga, 2 yillik imtiyozli davr bilan yillik 12% stavka bo‘yicha;
- Nukus shahri, viloyatlar markazlari va viloyatga bo‘ysunuvchi shaharlarda — 10 yil muddatga, 2 yillik imtiyozli davr bilan yillik 8% stavka bo‘yicha;
- tumanlarda — 10 yil muddatga, 2 yillik imtiyozli davr bilan yillik 5% stavka bo‘yicha.
Joriy yilning 1-oktabridan nodavlat maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari faoliyatini tashkil qilishda o‘qituvchilarning toifalari hamda bitta sinfda ta’lim oluvchilarning maksimal soniga qo‘yilgan talablar yengillashtirilishi belgilangan.
Avvalroq yangi yuk tashuvchi transportlar utilizatsiya yig‘imidan ozod etilishi ma’lum qilingandi. Bundan tashqari, ularni import qilishda kelasi yilgacha bojxona boji stavkasi 5% miqdorida belgilanadi.
N.NURJONOV,
Yangibozor tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i.
Boshqa maqolalar
TA’TILNI NECHA QISMGA BOʻLISH MUMKIN
personmaftuna 28-06-24, 11:38Har yilgi mehnat ta’tilini qismlarga boʻlishga yoʻl qoʻyiladi, ammo faqat хodim va ish beruvchi oʻrtasidagi kelishuvga...
FUQAROLAR TIBBIY YORDAMNI ELEKTRON NAVBAT ASOSIDA BEPUL
personmaftuna 23-06-25, 02:53“Davlat tibbiy sug'urtasi mexanizmlarini joriy etishga oid chora-tadbirlar to'g'risida”gi PQ-311-son Prezident Qaroriga...
“БИЗНЕСГА ЛИЦЕНЗИЯСИЗ КИРИШ” МАХСУС РЕЖИМИ ЖОРИЙ ЭТИЛАДИ
personmaftuna 27-01-24, 23:28“Тадбиркорлик соҳасидаги мажбурий талабларни қисқартириш ҳамда лицензиялаш ва рухсат бериш тартиб-таомилларини...