DAVLAT FUQAROLIK XIZMATCHISI CHET ELDA MOLK-MULK OLISHI MUMKIN EMAS
Qonunchilikka ko'ra, davlat fuqarolik xizmatchisi O'zbekistondan tashqarida hisobvaraqlar ochishga va ularga ega bo'lishga, ko'chmas mulkka va boshqa mol-mulkka egalik qilishga haqli emas. Bundan chet davlatda ta'lim olish, stajirovka o'tash va tibbiy xizmatlardan foydalanish maqsadida ochilgan hisobvaraqlar, shuningdek davlat fuqarolik xizmatiga kirishdan oldin olingan va oshkor qilingan mol-mulk mustasno. Shuningdek, davlat fuqarolik xizmatchisi tadbirkorlik faoliyati subyektlarini tashkil etishga, ularning muassisi (ishtirokchisi) bo'lishga, tadbirkorlik faoliyati subyektida tashkiliy-boshqaruv, ma'muriy-xo'jalik vazifalarini bajarishi mumkin emas.Bundan aksiyadorlik jamiyatlarining erkin muomalada bo'lgan aksiyalariga qonunchilikda belgilangan talablar doirasida egalik qilish hollari mustasno.
D.AZAMATOVA,
Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
BILASIZMI?
personmaftuna 26-01-24, 02:47Tug‘ilishni qayd etish FHDY organlarida bola tug‘ilgan kundan boshlab bir oy ichida amalga oshirilishi lozim....
“O'ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA 2024–2030 YILLARDA
personmaftuna 26-12-24, 15:032024–2026-yillarda ustuvor davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish bo'yicha chora-tadbirlar;...
TOVAR VA MOLIYA BOZORLARIDA SOG‘LOM RAQOBAT MUHITI
personmaftuna 20-10-24, 14:45Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O‘RQ-954-son) bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha...