Kuzatuvchi » Siyosiy » TOVAR VA MOLIYA BOZORLARIDA SOG‘LOM RAQOBAT MUHITI TA’MINLANADI

TOVAR VA MOLIYA BOZORLARIDA SOG‘LOM RAQOBAT MUHITI TA’MINLANADI

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O‘RQ-954-son) bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritildi.

“Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonunga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, davlat yordami berilishiga taalluqli normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi bilan kelishishni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritildi.

Bundan tashqari “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunga o‘zgartirish kiritilib, unga muvofiq xo‘jalik yurituvchi sub’ekt qaysi faoliyat turiga asosan tabiiy monopoliya sub’ektlari jumlasiga kiritilsa, o‘sha faoliyat turi uning asosiy faoliyat turi hisoblanadi.

Jazolar tizimini liberallashtirish maqsadida raqobat to‘g‘risidagi qonunchilikning iqtisodiy jihatdan past ta’sir darajasiga ega bo‘lgan buzilishini birinchi marta sodir etgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga nisbatan moliyaviy sanksiyalar tarzidagi javobgarlik choralari qo‘llanilmasligini nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritildi.

 

J.OTAJONOV,

Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshligʻi.

 

Boshqa maqolalar

O‘RINDOSHLIK ASOSIDA ISHLAYDIGAN XODIMLARNING OYLIK

personmaftuna 30-09-24, 12:01
0 O‘RINDOSHLIK ASOSIDA ISHLAYDIGAN XODIMLARNING OYLIK MAOSHLARI QANDAY HISOBLANADI?

O‘rindoshlar mehnatiga haq to‘lash mehnat shartnomasiga muvofiq: mehnatga haq to‘lashning ishbay shaklida – haqiqatda...

“MAHALLALARDA FUTBOL INFRATUZILMASINI RIVOJLANTIRISH VA

personmaftuna 29-11-24, 06:29
0 “MAHALLALARDA FUTBOL INFRATUZILMASINI RIVOJLANTIRISH VA TARMOG‘INI KENGAYTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA”

Mahallalarda futbol infratuzilmasini rivojlantirish, aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib...

UY SHAROITIDA TIRIK PILLA YETISHTIRAYOTGANLAR DAROMAD

personmaftuna 16-12-24, 11:17
0 UY SHAROITIDA TIRIK PILLA YETISHTIRAYOTGANLAR DAROMAD SOLIG‘IDAN OZOD QILINADI

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O‘RQ-1001-son, 15.11.2024-y.) bilan Soliq kodeksiga qo‘shimcha kiritildi. Qonunga...

menu
menu