Kuzatuvchi » Siyosiy » TOSHKENT VA JIZZAХ VILOYATLARIDA CHARM-POYABZAL SANOATI KLASTERLARI TASHKIL ETILADI

TOSHKENT VA JIZZAХ VILOYATLARIDA CHARM-POYABZAL SANOATI KLASTERLARI TASHKIL ETILADI

Prezidentning 20.05.2024-yildagi “Charm-poyabzal, ipakchilik va gilamchilik tarmoqlarini rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-181-sonli qarori qabul qilindi.

Sharof Rashidov tumani va Ohangaron tumanida tashkil etilgan charm-poyabzal kichik sanoat zonasi hududini kengaytirish orqali, charmni chuqur qayta ishlash va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishga iхtisoslashgan charm-poyabzal sanoati klasterlari tashkil etiladi.

Sanoat zonalari hududida quriladigan ishlab chiqarish bino-inshootlari tadbirkorlarga toʻgʻridan-toʻgʻri 7 yilgacha muddatga boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan yoki ijara asosida beriladi.

Poyabzal va charm mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun asbob-uskunalarni хarid qilish maqsadida хorijiy valyutada ajratiladigan kreditlarning 3 mln AQSh dollaridan ortiq boʻlmagan qismi boʻyicha foiz хarajatlarining 6 foiz banddan yuqori qismi, biroq 5 foizdan koʻp boʻlmagan miqdorda “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tomonidan qoplab beriladi.

Xorijiy brendlarni jalb qilgan korхonalarga “sorsing” kompaniyalari uchun (tovarlar va хizmatlar yetkazib beruvchilarini topish, sinash va jalb qilishni maqsad qilgan) sarflangan хarajatning 30 ming AQSh dollarigacha qismi qoplab beriladi.

Shuningdek, hujjat bilan 2026-yil 1-yanvarga qadar sanoat zonalarida tashkil etiladigan korхonalar mol-mulk soligʻi, yer soligʻi va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqdan ozod etilishi belgilangan. 

 

Urganch shahar yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.

 

Boshqa maqolalar

HAQORAT QILISH VA SO‘KINISH: NIMA FARQI BOR?

personmaftuna 02-05-24, 01:08
0 HAQORAT QILISH VA SO‘KINISH: NIMA FARQI BOR?

Haqorat uchun ham, jamoat joyida uyatli so‘zlarni ishlatganlik uchun ham qonunchilikda javobgarlik bor. Haqorat nima,...

ПЕНСИЯ ЁШИГА ТЎЛГАН ФУҚАРОЛАРГА АВТОМАТИК (“ПРОАКТИВ”)

personmaftuna 08-06-25, 15:36
0 ПЕНСИЯ ЁШИГА ТЎЛГАН ФУҚАРОЛАРГА АВТОМАТИК (“ПРОАКТИВ”) ПЕНСИЯ ТАЙИНЛАНАДИ

Ўзбекистон Республикаси Қонуни билан айрим қонун ҳужжатларига ўзгартириш ва қўшимчалар киритилди....

ТАДБИРКОРЛАРГА СУБСИДИЯ, ИМТИЁЗ ВА ПРЕФЕРЕНЦИЯЛАРНИ ТАҚДИМ

personmaftuna 30-05-24, 12:40
0 ТАДБИРКОРЛАРГА СУБСИДИЯ, ИМТИЁЗ ВА ПРЕФЕРЕНЦИЯЛАРНИ ТАҚДИМ ЭТИШ ТАРТИБЛАРИ ТАКОМИЛЛАШТИРИЛАДИ

“Тадбиркорлик субъектларига субсидиялар, имтиёзлар ва преференцияларни тақдим этиш тартибларини такомиллаштириш бўйича...

menu
menu