MEHNAT MIGRATSIYASIDAN QAYTGAN SHAXSLARNI ISHGA OLGANLARGA SUBSIDIYA BERILADI
Qonunchilikka ko‘ra, mehnat migratsiyasidan qaytgan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilarga har bir ishga olingan xodim uchun 12 oy davomida oyiga 500 ming so‘mdan subsidiya to‘lanadi.
Bundan byudjet tashkilotlari, davlat korxonalari, ustav kapitalida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar mustasno.
Bunda:
subsidiya 2024-yil 1-iyundan 2026-yil 1-yanvarga qadar ishga qabul qilingan shaxslarga nisbatan to‘lanadi;
mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxs bilan tuzilgan va Yagona milliy mehnat tizimida ro‘yxatdan o‘tkazilgan mehnat shartnomasi subsidiya to‘lash uchun asos bo‘lib hisoblanadi;
mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxslar deb xorijda 3 va undan ortiq oy mobaynida mehnat faoliyati bilan shug‘ullanib, yashash manziliga qaytib kelganligiga bir yildan ko‘p vaqt bo‘lmagan shaxslar tushuniladi.
R.EGAMBERDIYEV,
Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
TARMOQLARNI QOʻLLAB-QUVVATLASH JAMGʻARMASI MABLAGʻLARIDAN
personmaftuna 29-09-24, 22:52Vazirlar Mahkamasining 31.07.2024-yildagi 466-son qarori bilan Tarmoqlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi daromadlarini...
CHIQINDILARNI BOSHQARISH VA SIRKULYAR IQTISODIYOTNI
personmaftuna 21-02-25, 09:35O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 26.09.2024-yildagi “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish sohalarida...
MA’MURIY QAMOQQA OLISH
personmaftuna 30-05-24, 01:16Ma’muriy qamoqqa olish uch sutkadan o‘n besh sutkagacha muddatga, favqulodda holat tartibi sharoitida esa, jamoat...