Kuzatuvchi » Siyosiy » JAZONI IJRO ETISH MUASSASALARIDAN OZOD QILINGAN SHAXSLARGA NAFAQA TAYINLASH TARTIBI BELGILANDI

JAZONI IJRO ETISH MUASSASALARIDAN OZOD QILINGAN SHAXSLARGA NAFAQA TAYINLASH TARTIBI BELGILANDI

Hukumat qarori (444-son, 16.07.2025-y.) bilan “Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarga bir martalik nafaqa tayinlash va to'lash tartibi to'g'risida”gi nizom tasdiqlandi.  Nizom jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarga bir martalik nafaqa tayinlash va to'lash tartibini belgilaydi. Nafaqa tayinlash uchun murojaat qilish, murojaatlarni ko'rib chiqish va nafaqalarni tayinlash “E-probatsiya” axborot tizimi orqali amalga oshiriladi. Ariza beruvchi jazoni ijro etish muassasasidan ozod qilingan kundan boshlab 1 oy ichida tuman (shahar) probasiya bo'limlari (vakolatli organ) ga shaxsan murojaat qiladi. Vakolatli organ 1 ish kunida ariza beruvchini nafaqa tayinlangani va nafaqani olish uchun murojaat qilinishi lozim bo'lgan tijorat banki to'g'risida xabardor qiladi. Nafaqa oluvchi shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar yoki jazoni o'tab bo'lganlik yoxud jazodan ozod qilinganlik haqidagi ma'lumotnoma asosida, 1 oy muddatda tijorat bankining istalgan filialiga murojaat qilishi mumkin.

D.AZAMATOVA,

Urganch tumani yuridik xizmat korsatish markazi bosh yuriskonsulti.

Boshqa maqolalar

YOSH BOLALI AYOLLAR: MEHNAT QONUNCHILIGIDA ULARGA QANDAY

personmaftuna 01-05-24, 13:45
0 YOSH BOLALI AYOLLAR: MEHNAT QONUNCHILIGIDA ULARGA QANDAY IMTIYOZLAR BERILGAN?

Mehnat qonunchiligida homilador va yosh bolali ayollarga bir qator qoʻshimcha kafolat va imtiyozlar taqdim qilingan....

KASALLIKLARI BOʻLGAN OʻQUVCHILARGA TRANSPORT ХARAJATLARI

personmaftuna 19-05-25, 11:05
0 KASALLIKLARI BOʻLGAN OʻQUVCHILARGA TRANSPORT ХARAJATLARI TOʻLANADI

Vazirlar Mahkamasining 28.02.2025-yildagi "Transport х izmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish orqali...

XIZMAT TEKSHIRUVI, TARTIBI VA MUDDATLARI

personmaftuna 20-10-24, 14:01
0 XIZMAT TEKSHIRUVI, TARTIBI VA MUDDATLARI

Mehnat kodeksining 302-311-moddalari xizmat tekshiruvini tartibga soladi. MK 302-moddasiga ko‘ra, xizmat tekshiruvi...

menu
menu