Kuzatuvchi » Siyosiy » YER QA’RINI GEOLOGIK JIHATDAN O‘RGANISH BO‘YICHA ISHLARNI DAVLAT HISOBIGA OLISH TARTIBI BELGILANDI

YER QA’RINI GEOLOGIK JIHATDAN O‘RGANISH BO‘YICHA ISHLARNI DAVLAT HISOBIGA OLISH TARTIBI BELGILANDI

Hukumat qarori (467-son, 26.07.2025-y.) bilan “Yer qa'rini geologik jihatdan o'rganish bo'yicha ishlarni davlat hisobiga olish tartibi to'g'risida”gi nizom tasdiqlandi.   Nizom yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan O'zbekiston hududida amalga oshirilayotgan yer qa'ri uchastkalarini geologik jihatdan o'rganish ishlari bilan bog'liq jarayonlarni davlat hisobiga olish tartibini belgilaydi. Yer qa'rini davlat tomonidan geologik jihatdan o'rganish ishlari tizim tashkilotlarining tegishli ma'lumotlarni Yer qa'ridan foydalanish markaziga “Geomonitoring” axborot tizimi orqali buyurtma asosida tegishli ma'lumotlarni kiritish orqali davlat hisobiga olinadi.   Yer qa'ridan foydalanish markazi buyurtma kelib tushgan kundan boshlab 5 ish kunida buyurtmani va unga ilova qilingan ma'lumotlar taqdim etilganligini tekshiradi.  Hujjatlar to'liq taqdim etilgan taqdirda, buyurtmani “Geomonitoring” axborot tizimida tegishli tartib raqam bilan hisobga oladi va tizim tashkilotlarini xabardor qiladi.  Yer qa'ridan foydalanuvchilar yer qa'rini geologik jihatdan o'rganish ishlarini davlat hisobiga olingani to'g'risidagi xabar olingan kundan boshlab yer qa'rini geologik jihatdan o'rganish ishlarini amalga oshirishga asos bo'ladi.

D.AZAMATOVA,

Urganch tumani yuridik xizmat korsatish markazi bosh yuriskonsulti.

Boshqa maqolalar

OTALIKNING SUD TARTIBIDA BELGILANISHI

personmaftuna 28-06-24, 08:46
0 OTALIKNING SUD TARTIBIDA BELGILANISHI

Oila Kodeksning 61-moddasiga asosan O‘zaro nikohda bo‘lmagan ota-onadan bola tug‘ilgan taqdirda, ota-onaning...

AYRIM SHAXSLARGA TEMIR YO‘L TRANSPORTI VA AVTOBUS UCHUN

personmaftuna 10-12-24, 10:47
0 AYRIM SHAXSLARGA TEMIR YO‘L TRANSPORTI VA AVTOBUS UCHUN BEPUL CHIPTALAR BERILADI

Hukumat Qarori (733-son, 04.11.2024-y.) bilan O‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi hamda yolg‘iz...

MAXSUS IQTISODIY ZONALAR FAOLIYATINI BOSHQARISH TIZIMI

personmaftuna 27-12-24, 16:12
0 MAXSUS IQTISODIY ZONALAR FAOLIYATINI BOSHQARISH TIZIMI YANADA SODDALASHTIRILADI

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O'RQ-1010-son, 05.12.2024 y.) bilan "Maxsus iqtisodiy zonalar to'g'risida"gi...

menu
menu