Kuzatuvchi » Siyosiy » MAXSUS IQTISODIY ZONALAR FAOLIYATINI BOSHQARISH TIZIMI YANADA SODDALASHTIRILADI

MAXSUS IQTISODIY ZONALAR FAOLIYATINI BOSHQARISH TIZIMI YANADA SODDALASHTIRILADI

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O'RQ-1010-son, 05.12.2024 y.) bilan "Maxsus iqtisodiy zonalar to'g'risida"gi Qonunga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi.

Maxsus iqtisodiy zonalar, kichik sanoat zonalari, yoshlar sanoat zonalari va tadbirkorlik zonalari faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik bazasi shakllantirildi, ma’muriy funksiyalarni nomarkazlashtirish, maxsus iqtisodiy zonalar direksiyalarining va yoshlar sanoat zonalarini boshqaruvchi yagona direksiyalarning vakolatlarini kengaytirish orqali ularning faoliyatini muvofiqlashtirish mexanizmi soddalashtirildi.

Qonunga maxsus iqtisodiy zonalarning ma'muriy kengashlarini tugatib, ularning vazifalarini maxsus iqtisodiy zonalar direksiyalarining zimmasiga yuklatishni nazarda tutuvchi o'zgartirish va qo'shimchalar kiritilmoqda.

Bundan tashqari Qonunda maxsus iqtisodiy zonalar hududida investitsiya loyihalarini joylashtirish bo'yicha qarorlar qabul qilish muddatlarini maqbullashtirish va investitsiya loyihalarining biznes-rejalari yoki texnik-iqtisodiy asoslariga ekspertiza xulosalari olish talabi bekor qilinib, loyihalarning belgilangan talablarga muvofiqligi to'g'risidagi xulosa maxsus iqtisodiy zonalar direksiyalari tomonidan mustaqil ravishda qabul qilinishi haqidagi normani belgilash nazarda tutilmoqda.

 

N.NURJONOV,

Yangibozor tumani yuridik xizmat korsatish markazi boshligi.

Boshqa maqolalar

MULK IJARASI SHARTNOMASI, U QANDAY TARTIBGA SOLINADI?

personmaftuna 29-06-24, 06:55
0 MULK IJARASI SHARTNOMASI, U QANDAY TARTIBGA SOLINADI?

Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolik qonunchiligida mulk ijarasi bilan bogʻlik munosabatlar tartibda solingan bulib,...

PERSONALLASHTIRISH AGENTLIGI

personmaftuna 14-06-24, 02:12
0 PERSONALLASHTIRISH AGENTLIGI

2024-yil 24-maydagi “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish...

MUROJAATLARNI KO‘RIB CHIQISH MUDDATLARI

personmaftuna 14-06-24, 02:33
0 MUROJAATLARNI KO‘RIB CHIQISH MUDDATLARI

Ariza yoki shikoyat masalani mazmunan hal etishi shart bo‘lgan davlat organiga, tashkilotga yoki ularning mansabdor...

menu
menu