Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O'RQ-1010-son, 05.12.2024 y.) bilan "Maxsus iqtisodiy zonalar to'g'risida"gi Qonunga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi.
Maxsus iqtisodiy zonalar, kichik sanoat zonalari, yoshlar sanoat zonalari va tadbirkorlik zonalari faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik bazasi shakllantirildi, ma’muriy funksiyalarni nomarkazlashtirish, maxsus iqtisodiy zonalar direksiyalarining va yoshlar sanoat zonalarini boshqaruvchi yagona direksiyalarning vakolatlarini kengaytirish orqali ularning faoliyatini muvofiqlashtirish mexanizmi soddalashtirildi.
Qonunga maxsus iqtisodiy zonalarning ma'muriy kengashlarini tugatib, ularning vazifalarini maxsus iqtisodiy zonalar direksiyalarining zimmasiga yuklatishni nazarda tutuvchi o'zgartirish va qo'shimchalar kiritilmoqda.
Bundan tashqari Qonunda maxsus iqtisodiy zonalar hududida investitsiya loyihalarini joylashtirish bo'yicha qarorlar qabul qilish muddatlarini maqbullashtirish va investitsiya loyihalarining biznes-rejalari yoki texnik-iqtisodiy asoslariga ekspertiza xulosalari olish talabi bekor qilinib, loyihalarning belgilangan talablarga muvofiqligi to'g'risidagi xulosa maxsus iqtisodiy zonalar direksiyalari tomonidan mustaqil ravishda qabul qilinishi haqidagi normani belgilash nazarda tutilmoqda.
N.NURJONOV,
Yangibozor tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i.