O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING DAVLAT XARIDLARI SOHASIDAGI VAKOLATLARI QANDAY ?
O‘zbekiston Respublikasining 22.04.2021-yildagi “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-684-son Qonuniga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
davlat xaridlari sohasida davlat siyosati shakllanishi va amalga oshirilishini ta’minlaydi;
davlat xaridlari sohasida budjet tizimi budjetlari mablag‘laridan oqilona foydalanish, xarid qilish tartib-taomillari turlarini takomillashtirish va ularning qo‘llanilishini kengaytirish, shuningdek tadbirkorlik subyektlarining keng ishtirokini ta’minlash yuzasidan choralar ko‘radi;
davlat buyurtmachilarining davlat xaridlari sohasidagi faoliyati ustidan nazorat bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtiradi;
xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchilarining takliflarini baholash va taqqoslash usullarini hamda mezonlarini, shuningdek ular o‘tkazilishini tashkil etish tartibini belgilaydi;
xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchilari tomonidan eng yaxshi takliflarni tanlab olish va tenderda ishtirok etish uchun elektron shaklda takliflar berish tartibini belgilaydi;
Davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha komissiya tarkibini tasdiqlaydi.
T. EGAMBERGANOV,
Shovot tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
QISHLOQ XOʻJALIGIGA MOʻLJALLANGAN YERLARGA IJARA HUQUQINI
personmaftuna 22-01-24, 19:31Prezidentning 18.01.2024-yildagi PF-15-sonli “Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish...
ICHKI ISHLAR ORGANLARINING PATRUL-POST XIZMATI BO'LINMALARI
personmaftuna 17-09-25, 17:17Hukumat qarori (477-son, 30.07.2025 y.) bilan “Ichki ishlar organlarining patrul-post xizmati bo'linmalari tomonidan...
YANGI YAGONA MILLIY BAHOLASH STANDARTI TASDIQLANDI
personmaftuna 23-01-24, 00:15Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining “Oʻzbekiston Respublikasining Yagona milliy baholash standartini...