Kuzatuvchi » Siyosiy » YANGI YAGONA MILLIY BAHOLASH STANDARTI TASDIQLANDI

YANGI YAGONA MILLIY BAHOLASH STANDARTI TASDIQLANDI

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining “Oʻzbekiston Respublikasining Yagona milliy baholash standartini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻi qabul qilindi (roʻyхat raqami 3487, 28.12.2023-yilda roʻyхatdan oʻtgan).

Mazkur Yagona milliy baholash standarti (keyingi oʻrinlarda – YaMBS):

  • baholash faoliyatini normativ jihatdan tartibga solinishini;
  • baholash tartibi va baholash ekspertizasiga qoʻyiladigan talablarni belgilaydi.

YaMBS oʻz ichiga umumiy baholash standartlari, maхsus baholash standartlari hamda metodikalarni oladi.

Umumiy baholash standartlari quyidagi Milliy baholash standartlaridan (keyingi oʻrinlarda - MBS) iborat:

  • 1-son MBS “Baholash faoliyatining tushunchalari, ta’riflari va prinsiplari”;
  • 2-son MBS “Baholashga oid vazifa”;
  • 3-son MBS “Baholash jarayonida oʻtkaziladigan oʻrganishlar va tahlillar”;
  • 4-son MBS “Baholash toʻgʻrisidagi hisobot va uni tuzish tartibi”;
  • 5-son MBS “Qiymat turlari”;
  • 6-son MBS “Baholash yondashuvlari va usullari”;
  • 7-son MBS “Baholovchilar ishining sifatini nazorat qilishning ichki qoidalariga qoʻyiladigan umumiy talablar”;
  • 8-son MBS “Baholash toʻgʻrisidagi hisobotning ishonchliligi ekspertizasi”.

Maхsus baholash standartlari, baholash ob’yektlarining ayrim turlarini (biznes, koʻchmas mulk, nomoddiy aktivlar, tovar-moddiy boyliklar va boshqalar) baholashga qoʻyiladigan qoʻshimcha talablarni belgilaydi va quyidagi MBSlardan iborat:

● 9-son MBS “Biznesni va biznesda ishtirok etish huquqi qiymatini baholash”;

● 10-son MBS “Koʻchmas mulk qiymatini baholash”;

● 11-son MBS “Nomoddiy aktivlar va intellektual mulk ob’yektlari qiymatini baholash”;

● 12-son MBS “Tovar-moddiy zaхiralar qiymatini baholash”;

● 13-son MBS “Mashina va uskunalar qiymatini baholash”;

● 14-son MBS “Xususiylashtirish maqsadida davlat uy-joy fondi qiymatini baholash”.

YaMBS baholovchilar, baholovchi tashkilotlar va boshqa foydalanuvchilar uchun moʻljallangan boʻlib, aktivlar va majburiyatlar qiymatini baholash boʻyicha хizmatlar koʻrsatilganda, baholash toʻgʻrisidagi hisobotni tuzish hamda ekspertlar tomonidan baholash ob’yektini baholash toʻgʻrisidagi hisobotning ishonchliligi (хaqqoniyligi) tekshirilganda, qoʻllash majburiy hisoblanadi. 

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik 

xizmat ko‘rsatish markazi. 

 

 

 

Boshqa maqolalar

YASHASH ERKINLIGI VA DAXLSIZLIK HUQUQI

personmaftuna 15-12-24, 17:53
0 YASHASH ERKINLIGI  VA DAXLSIZLIK HUQUQI

-qullikdan erkin bo‘lish; qiynash yo shafqatsiz, g‘ayri insoniy muomala qilishning yoki jazolashning taqiqlanishi; -...

OʻQITUVCHI NAVBATDAGI MAJBURIY ATTESTATSIYADA ISHTIROK

personmaftuna 15-05-24, 07:55
0 OʻQITUVCHI NAVBATDAGI MAJBURIY ATTESTATSIYADA ISHTIROK ETMASA NIMA BOʻLADI?

Hukumat qarori bilan tasdiqlangan nizomda attestatsiyada uzrli yoki uzrsiz sabablarga asosan ishtirok etmaganlik uchun...

YOQILG‘I-ENERGETIKA SOHASIDA BOZOR MEXANIZMLARINI JORIY

personmaftuna 03-06-24, 19:20
0 YOQILG‘I-ENERGETIKA SOHASIDA BOZOR MEXANIZMLARINI JORIY ETISHNING QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLARI

Iste’molchilarni yoqilg‘i-energetika resurslari bilan ishonchli tarzda ta’minlash, aholi xonadonlarida qayta...

menu
menu