Kuzatuvchi » Siyosiy » ICHKI ISHLAR ORGANLARINING BARCHA AXBOROT INFRATUZILMASI SUN’IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA YAGONA TIZIMGA BIRLASHTIRILADI

ICHKI ISHLAR ORGANLARINING BARCHA AXBOROT INFRATUZILMASI SUN’IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA YAGONA TIZIMGA BIRLASHTIRILADI

“Ichki ishlar organlari tizimini raqamli transformatsiya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 30.04.2025-yildagi PQ-155-sonli qarori qabul qilindi. 

Ichki ishlar organlari tizimini 2025–2027-yillarda raqamli transformatsiya qilishning ustuvor yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:

ichki ishlar organlarining barcha axborot infratuzilmasini sun’iy intellekt texnologiyalari asosida yagona tizimga birlashtirgan holda jinoyatchilikka qarshi kurashish borasidagi faoliyati samaradorligini oshirish;

ichki ishlar organlari sohasiga raqamli texnologiyalarni joriy etishga mas’ul bo‘linmalarning faoliyatini yagona boshqaruv tizimi va ishlash mexanizmlari asosida muvofiqlashtirish, ular tarkibida “raqamli jamoa”ni shakllantirish;

jinoyatlar va ma’muriy huquqbuzarliklar statistikasini inson omilisiz yuritish;

Shuningdek, Raqamli texnologiyalar va huquqiy statistika departamenti va uning hududiy bo‘linmalari tashkil etiladi.

Bundan tashqari, sinov tariqasida Toshkent shahri va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari tuzilmalarida Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari – Raqamli texnologiyalar va huquqiy statistika xizmati boshlig‘i lavozimi joriy etiladi.


R.EGAMBERDIYEV,

Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

Boshqa maqolalar

ДАВЛАТ ХАРИДЛАРИ ЭЛЕКТРОН ТИЗИМИНИНГ ОПЕРАТОРИ ФАОЛИЯТИНИ

personmaftuna 26-09-25, 17:30
0 ДАВЛАТ ХАРИДЛАРИ ЭЛЕКТРОН ТИЗИМИНИНГ ОПЕРАТОРИ ФАОЛИЯТИНИ ТАШКИЛ ЭТИШ ТАРТИБИ БЕЛГИЛАНДИ

Ҳукумат қарори (476-сон, 30.07.2025 й.) билан “Давлат харидлари электрон тизими операторлари тўғрисида”ги низом...

QUROLGA RUХSATNOMA QANDAY OLINADI?

personmaftuna 05-08-24, 17:33
0 QUROLGA RUХSATNOMA QANDAY OLINADI?

Vazirlar Mahkamasining 29.06.2024-yildagi “Qurol muomalasi sohasida litsenziyalash va ruхsat berish tartib-taomillari...

AYRIM TADBIRKORLARGA SOLIQ MA'MURCHILIGIDA YENGILLIKLAR

personmaftuna 26-04-25, 11:19
0 AYRIM TADBIRKORLARGA SOLIQ MA'MURCHILIGIDA YENGILLIKLAR BERILADI

2025-yil 1-oktabrdan O'zbekiston hududiga olib kiriladigan xushbo'ylashtiruvchi yoki rang beruvchi qo'shimchalarsiz oq...

menu
menu