TA’LIM SIFATINI TA’MINLASH MILLIY AGENTLIGI TASHKIL ETILADI
“Ta’lim sifatini ta’minlash va ta’lim xizmatlari ko‘rsatish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 05.05.2025-yildagi PF-76-sonli Farmoni qabul qilindi.
Farmonning asosiy maqsadi ta’lim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari faoliyatini tashqi baholash mexanizmlarini belgilash hamda ko‘rsatilayotgan ta’lim xizmatlari sifatini oshirishdir.
Farmonga ko‘ra, Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tashkil etiladi.
Agentlik mazkur sohada maxsus vakolatli davlat organi hisoblanadi.
Agentlik o‘rta maxsus, kasbiy, oliy va oliy ta’limdan keyingi ta’lim, shuningdek, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tashkilotlarini (ta’lim tashkilotlari) kompleks va maxsus davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazadi. Bunda:
kompleks davlat akkreditatsiyasi har 5 yilda ta’lim tashkilotlarini tashqi baholash natijalari asosida o‘tkaziladi;
maxsus davlat akkreditatsiyasi kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yilayotgan ta’lim dasturlari bo‘yicha o‘quv jarayoni boshlanishidan oldin o‘tkaziladi.
Shuningdek, Agentlik ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining zamonaviy mehnat bozori talablariga mosligini o‘rganish maqsadida Umummilliy ish beruvchilar so‘rovnomasini o‘tkazadi.
R.EGAMBERDIYEV,
Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
БИЛАСИЗМИ?
personmaftuna 03-08-24, 02:12Қонунчиликда кимларга автомобил бензини сотиб олиш харажатларининг бир қисми учун ойлик пул компенсацияси тўланиши...
YOʻLLARDAGI “YASHIL” OʻZGARISHLAR: 1 IYUNDAN NIMALAR JORIY
personmaftuna 05-05-24, 11:53O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 29.03.2024-yildagi VMQ-166-sonli “Atmosfera havosiga transport...
МАЛАКА ОШИРИШ ДАВРИДА ХОДИМГА ҲАЙФСАН БЕРИШ МУМКИНМИ?
personmaftuna 08-06-25, 16:20«Давлат фуқаролик хизмати тўғрисида»ги қонуннинг 48-моддасига кўра, ходим малака ошириш ёки қайта тайёрлашда бўлган...