Kuzatuvchi » Siyosiy » AYRIM TADBIRKORLARGA SOLIQ MA'MURCHILIGIDA YENGILLIKLAR BERILADI

AYRIM TADBIRKORLARGA SOLIQ MA'MURCHILIGIDA YENGILLIKLAR BERILADI

2025-yil 1-oktabrdan O'zbekiston hududiga olib kiriladigan xushbo'ylashtiruvchi yoki rang beruvchi qo'shimchalarsiz oq shakarga nisbatan aksiz solig'i bekor qilinadi.

20 va undan ortiq ishchisi mavjud bo'lgan yuridik shaxslarga mol-mulk va yer soliqlari hamda ijara to'lovlari bo'yicha hisoblangan soliq summalarini 2025-yil 15-iyulda va 1-dekabrda bo'lib-bo'lib to'lanishiga ruxsat beriladi. Shuningdek, Prezident Farmoniga  muvofiq, umumiy ovqatlanish xizmatlarini ko'rsatuvchi tadbirkorlarga to'langan QQSning bir qismini qaytarishda ushbu faoliyatdan olingan daromad tovarlarni (xizmatlarni) realizasiya qilishdan olingan jami daromadning kamida 80 foizini tashkil etishi zarurligi belgilandi.

Bundan tashqari, sanoat korxonalarining avtomatik monitoring stansiyasi, chang-gaz tozalash uskunasi, lokal suv tozalash inshooti va stasionar kuzatuv posti bilan jihozlash majburiyati muddati quyidagicha uzaytirildi:

I toifadagi korxonalar uchun – 2026-yil 1-yanvargacha; II toifadagi korxonalar uchun – 2026-yil 1-iyulgacha. 2025-yil 1-iyundan xorijiy davlatlar fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarga 250 ming AQSH dollari hamda ularning har bir oila a'zosiga (turmush o'rtog'i, farzandi va ota-onasi) 150 ming AQSH dollari miqdoridagi to'lovlar evaziga O'zbekistonda yashash guvohnomasi 5 yil muddatga soddalashtirilgan tartibda beriladi.

K.ISMOILOV,

Shovot tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi boshlig’i.

Boshqa maqolalar

“ҲАЗРАТ НАВОИЙНИ АНГЛАШ – ЎЗЛИГИМИЗНИ АНГЛАШ” МАВЗУСИДА

personmaftuna 17-03-25, 11:27
0 “ҲАЗРАТ НАВОИЙНИ АНГЛАШ – ЎЗЛИГИМИЗНИ АНГЛАШ” МАВЗУСИДА РЕСПУБЛИКА ТАНЛОВИ ЎТКАЗИЛАДИ

“Буюк шоир ва мутафаккир Мир Алишер Навоий ижодий меросини юртимиз ва жаҳон миқёсида кенг тарғиб қилиш ҳамда Навоий...

OILA VA GENDER ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI TASHKIL ETILDI

personmaftuna 19-11-24, 21:30
0 OILA VA GENDER ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI TASHKIL ETILDI

“Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining faoliyatini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi...

YOSHLAR ISHLARI AGENTLIGI VAZIRLAR MAHKAMASI TASARRUFIGA

personmaftuna 21-02-24, 06:37
0 YOSHLAR ISHLARI AGENTLIGI VAZIRLAR MAHKAMASI TASARRUFIGA OʻTKAZILDI

Prezidentning PF-18-sonli «Yoshlar siyosati va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish...

menu
menu