BO'SH YER UCHASTKALARIDAN SAMARALI FOYDALANILADI
“Hududlarning iqtisodiy salohiyatini ro'yobga chiqarish va bo'sh yer uchastkalaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident Qarori (PQ-245-son, 08.07.2024 y.) qabul qilindi.
Qarorga ko'ra, quyidagilar tasdiqlandi:
Urbanizatsiya jarayonlarini jadallashtirish, shaharlar va tumanlar markazlarini rivojlantirish hamda aglomeratsiya hududlarini tashkil etishga qaratilgan master-rejalar ishlab chiqiladigan tumanlar va shaharlar ro'yxati;
Aholi va sayyohlar uchun barcha qulayliklarga ega turizm maskanlarini tashkil etishga qaratilgan master-rejalar ishlab chiqiladigan tumanlar va shaharlar ro'yxati;
Germaniya xalqaro hamkorlik tashkiloti (GIZ) bilan hamkorlikda kompleks iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan master-rejalar ishlab chiqiladigan tumanlar ro'yxati.
Aholi ehtiyojidan kelib chiqib ko'p qavatli va yakka tartibdagi uy-joylar majmualarini tashkil qilish master-rejalarning asosiy yo'nalishlaridan biri etib belgilandi.
2024-yil 1-avgustdan joriy yil yakunigacha belgilangan master-rejalarga muvofiq zamonaviy xizmat ko'rsatish majmualari va servis obyektlarini, jumladan joylashtirish vositalari, turar joylar, savdo-ko'ngilochar markazlarini tashkil qilish uchun master-reja hududidagi yer uchastkalari auksion savdolariga chiqariladi.
Raisa TIMOFEYEVA,
Qo‘shko‘pir tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
DAVLAT UMUMIY O'RTA TA'LIM TASHKILOTLARIDA AYRIM TOIFADAGI
personmaftuna 08-08-25, 15:03Hukumat qarori (365-son, 14.06.2025-y.) bilan “Davlat umumiy o'rta ta'lim tashkilotlarida ayrim toifadagi o'quvchilarni...
TALABA BOʻLISH ISTAGIDAGI XOTIN-QIZLAR SHOSHILING: OILA VA
personmaftuna 30-09-24, 02:23Hukumat qaroriga muvofiq mutaxassisligi boʻyicha kamida 5 yil mehnat staji mavjud, biroq oliy maʼlumotga ega boʻlmagan...
BILASIZMI?
personmaftuna 24-03-24, 17:02Qonunchilikka ko'ra, alkogol mahsulotlarining (bundan tabiiy va ko'piklanadigan vinolar mustasno) iste'mol idishida...