Kuzatuvchi » Siyosiy » AHOLINI ROʻYXATGA OLISH TAMOYILLARI

AHOLINI ROʻYXATGA OLISH TAMOYILLARI

Xalqaro tavsiyalarga kora, aholini roʻyxatga olish tadbirini barcha tartib va qoidalar asosida o‘kazilishi, ishlarni quyidagi tamoyillar bo‘yicha tashkil etilishi bilan chambarchas bog‘liq:

 

1. Markazlashtirish. Aholini royxatga olishni boshqarishning qatʼiy markazlashtirilishi ushbu tadbirni muvaffaqiyatli otkazishning asosiy shartlaridan biridir.

2. Aholini royxatga olishning muntazamligi. BMT tavsiyalariga kora, aholini royxatga olish 10 yilda kamida bir marotaba o‘tkazilishi belgilangan.

3. Aholini royxatga olish maxsus tayyorlangan mutaxassislar – hisobchilar tomonidan otkazilishi. Mazkur tadbirni amalga oshirish uchun kop

miqdorda maxsus xodimlar yollanadi, ularning tarkibiga ziyolilar, talabalar ham kiritilishi mumkin.

4. Aholini royxatga olishni aniq bir muddatda otkazish.
Bu tadbirni amalga oshirishga odatda 10–12 kun talab etiladi. Aholini royxatga olish bir necha kun davomida otkazilsa ham, maʼlumotlar aniq bir vaqtda – kopincha aholini royxatga olishning birinchi kunining 0 soatdagi holati boyicha qayd etiladi. Bu aholini royxatga olishning nozik vaqti, deb ham ataladi.

Masalan, chaqaloq aholini royxatga olish davrida, ammo ana shu aniq muddatdan keyin tugilgan boʻlsa, u aholi royxatiga kiritilmaydi. Lekin, kimdir bu aniq nozik muddatda hayot bolib, shundan keyin, yaʼni aholini royxatga olish davrida vafot etsa, u aholi royxatiga kiritiladi.

5. Aholini royxatga olishning belgilab qoyilgan aniq dasturining mavjudligi va tadbirni unga qatʼiy rioya qilgan holda otkazish. Aholini royxatga olish dasturi – royxatga olishda muayyan talablarni hisobga olgan holda, aholiga murojaat qilinadigan savollar royxatini, maʼlumotlarni qayd etish, toplash, qayta ishlash, yakuniy maʼlumotlarni eʼlon qilish tartiblarini oz ichiga oladi.

6. Aholining toliq qamrab olinishi. Aholini royxatga olishda kimdir unutib qoldirilishi yoki ikki marta royxatga olinishi hollari uchrasa ham, mavjud aholining royxatdan joy olinishini taʼminlash asosiy vazifa hisoblanadi.

7. Maʼlumotlarning maxfiyligi va shaxsiylashtirilishi. Aholini royxatga olishda individual asosda har bir shaxs togrisidagi yakka maʼlumotlar toplanadi. Shu bilan birga, respondentlardan olingan maʼlumotlarning nomsizligi kafolatlanadi. Aholini royxatga olish varaqasidan faqat natijalarni umumlashtirish uchun foydalaniladi.

8. Ixtiyoriylik. Shaxs togrisidagi maʼlumotlar soralayotgan (respondent)ning javoblari (kichik yoshdagilar uchun – ota-onalari yoki ularning ornini bosadigan shaxslarning) asosida qayd qilinadi va buni hujjat bilan tasdiqlash talab etilmaydi.

 

                             Xiva tuman statistika bo‘limi.

 

Boshqa maqolalar

MATEMATIKA FANI OʻQITUVCHISINI NAVBATDAGI ATTESTATSIYASI

personmaftuna 27-05-24, 02:14
0 MATEMATIKA FANI OʻQITUVCHISINI NAVBATDAGI ATTESTATSIYASI EDI YANA OʻTOLMADI U BILAN MEHNAT SHARTNOMASI BEKOR QILISH MUMKINMI?

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qaroriga 1-ilova “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus,...

KOMPOZIT SHAKLGA O‘TKAZILADIGAN DAVLAT XIZMATLARI

personmaftuna 14-06-24, 16:12
0 KOMPOZIT SHAKLGA O‘TKAZILADIGAN DAVLAT XIZMATLARI

24.05.2024-yildagi “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish...

TA’LIM KREDITI

personmaftuna 27-01-24, 18:11
0 TA’LIM KREDITI

Ta’lim kreditlari tijorat banklari tomonidan ta’lim tashkilotlari bakalavr hamda magistraturaning kunduzgi, sirtqi va...

menu
menu