MA’MURIY JAVOBGARLIKNI YENGILLASHTIRUVCHI HOLATLAR
Ma’muriy javobgarlikni yengillashtiruvchi holatlar jumlasiga quyidagilar kiradi:
1) aybdorning o‘z qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lishi;
2) aybdorning huquqbuzarlikning zararli oqibatlari oldini olishi, yetkazilgan ziyonni ixtiyoriy ravishda to‘lashi yoki keltirilgan zararni bartaraf qilishi;
3) huquqbuzarlikning kuchli ruhiy hayajon ta’siri ostida yoki og‘ir shaxsiy, oilaviy yoxud boshqa sharoitlar yuzaga kelganligi oqibatida sodir etilishi;
4) huquqbuzarlikning tahdid yoki majburlov ta’sirida yoxud xizmat yuzasidan, moddiy yoki boshqa jihatdan qaramligi ta’siri ostida sodir etilishi;
5) huquqbuzarlikning voyaga yetmagan shaxs tomonidan sodir etilishi;
6) huquqbuzarlikning homilador ayol yoki o‘n to‘rt yoshgacha bo‘lgan bolasini yakka o‘zi tarbiyalayotgan shaxs tomonidan sodir etilishi.
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiquvchi organ (mansabdor shaxs) boshqa holatlarni ham javobgarlikni yengillashtiruvchi holat deb topishi mumkin.
Yangibozor tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi.
Boshqa maqolalar
MAHALLIY MEHNAT ORGANLARIGA MUROJAAT QILAYOTGAN
personmaftuna 08-08-25, 14:53O‘zbekiston Respublikasining O'RQ-967-son Qonuni bilan “Aholi bandligi to'g'risida”gi Qonunga o'zgartirish va...
BOJХONA OMBORLARINING YONGʻIN ХAVFSIZLIGI KUCHAYTIRILDI
personmaftuna 05-08-24, 20:12Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga yonish va portlash...
АҲОЛИГА БЕПУЛ ТИББИЙ ХИЗМАТЛАР КЎРСАТИЛАДИ ВА ДОРИЛАР
personmaftuna 30-09-24, 16:56Президентнинг 05.09.2024 йил кунги ПҚ-311-сон, “Давлат тиббий суғуртаси механизмларини жорий этишга оид чора-тадбирлар...