5.REIMBURSATSIYAASTURI ASOSIDA BERILGAN DORILARNING QIYMATI BYUDJETDAN QOPLAB BERILADI
Hukumat Qarori (619-son, 02.10.2024-y.) bilan Kasalliklarni ambulator sharoitda davolashda dori vositalari xarajatlarini qoplash bo'yicha reimbursatsiya dasturi to'g'risidagi nizom tasdiqlandi Nizom bilan bemorlarni ambulator sharoitda davolanishi uchun shifokor tomonidan rasmiylashtirilgan elektron retsept asosida dorixonalar orqali dori vositalarini berish va berilgan dori vositalari qiymatini Davlat byudjeti mablag'lari hisobidan qoplash (reimbursatsiya) tartibi belgilandi. Reimbursatsiya dasturi asosida bemorlarga dori vositalarini tayinlash Davlat tibbiy sug'urtasi jamg'armasi bilan shartnoma qilgan birlamchi tibbiy-sanitariya muassasasi shifokori tomonidan amalga oshiriladi.Elektron retsept tibbiy axborot tizimida shifokor tomonidan bemor uchun rasmiylashtiriladi.Elektron retseptda har bir tashxis bo'yicha uchtagacha dori vositasi ko'rsatilishi mumkin.Elektron retseptning amal qilish muddati rasmiylashtirilgan kundan boshlab 7 kalendar kunni tashkil qiladi. Shifokor tomonidan rasmiylashtirilgan elektron retsept o'rnatilgan tartibda tasdiqlangandan so'ng axborot dasturi orqali Jamg'arma bilan shartnoma tuzgan dorixonalarga uzatiladi hamda bemorning mobil telefon raqamiga mazkur retseptning raqami va sanasi aks ettirilgan SMS-xabarnoma avtomatik ravishda yuboriladi. Reimbursatsiya dasturi doirasida ishtirok etuvchi dorixonalarning berilgan dori vositalari bo'yicha sarf-xarajatlar mazkur dorilarning narxlari aks ettirilgan hisob-fakturalar asosida Jamg'arma tomonidan to'lab beriladi.
D.AZAMATOVA,
Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
MEHNAT SHARTNOMASI BEKOR QILINGANDA XODIM BILAN HISOB-KITOB
personmaftuna 30-09-24, 12:16Ish beruvchi tomonidan xodimga tegishli bo‘lgan barcha summalarni to‘lash xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan...
"Ёшлар дафтари" ҳақида нималарни биласиз?
personmaftuna 01-05-24, 18:28Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 07.06.2022 йилдаги 312-сонли қарори билан тасдикланган. "Ёшлар дафтари"...
ALOHIDA HOLATLARDA TIBBIYOT MUASSASASIDA BEMORLAR TOMONIDAN
personmaftuna 26-01-24, 02:43O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligining 2023-yil 25-maydagi 13-sonli buyrug‘i (30.05.2023-yilda...