MEHNAT SHARTNOMASI BEKOR QILINGANDA XODIM BILAN HISOB-KITOB QILINISHI
Ish beruvchi tomonidan xodimga tegishli bo‘lgan barcha summalarni to‘lash xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan kunda amalga oshiriladi. Agar xodim mehnat shartnomasi bekor qilingan kuni ishlamagan bo‘lsa, tegishli summalar hisob-kitob qilish to‘g‘risida xodim tomonidan talab qo‘yilganidan keyin 3 kundan kechiktirmay to‘lanishi kerak. O‘zi bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan xodimga mehnat shartnomasi bekor qilinganidan keyingi davrda biror-bir to‘lovlar (oy, chorak, yil yakunlari bo‘yicha mukofotlar) hisoblangan taqdirda, ushbu to‘lovlar xodim tomonidan tegishli talab qo‘yilganidan keyin 3 kundan kechiktirmay amalga oshiriladi. Mehnat shartnomasi bekor qilinganda xodimga tegishli bo‘lgan summalarning miqdorlari to‘g‘risida nizo chiqqan taqdirda, ish beruvchi unga shak-shubhasiz tegadigan summani ushbu moddaning uchinchi qismida ko‘rsatilgan muddatda to‘lashi shart. Mehnat shartnomasi ushbu Kodeksning 173-moddasi ikkinchi qismida sanab o‘tilgan asoslarga ko‘ra bekor qilinganda, hisob-kitob qilish chog‘ida ish beruvchi xodimga ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan to‘lovlardan tashqari ishdan bo‘shatish nafaqasini to‘lashi shart. Xodimni mehnat shartnomasi bekor qilinishi to‘g‘risida ogohlantirishning ushbu Kodeksning 165-moddasida nazarda tutilgan muddati mutanosib pulli kompensatsiya bilan almashtirilgan taqdirda mehnat shartnomasi ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra bekor qilinganda ish beruvchi xodimga tegishli kompensatsiyani to‘lashi shart.
X.MATKARIMOV,
Yangiariq tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
МАКТАБ ЎҚУВЧИСИ ҲОМИЛАДОР БЎЛИБ ҚОЛСА, СИНФ РАҲБАР ЖАВОБГАР
personmaftuna 27-03-24, 00:50Амалиётда ўқувчи у хоҳ дарс вақтида бўлсин, хоҳ дарсдан ташқари, ёки ўқувчи мактаб ҳудудида ёки ота-онасининг...
YERLARNING INVESTITSIYAVIY IMKONIYATLARIDAN SAMARALI
personmaftuna 23-06-25, 02:52“Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirishda yer resurslarining investitsiyaviy imkoniyatlaridan...
ЖАМИЯТДА ҲУҚУҚИЙ МАДАНИЯТНИ ЮКСАЛТИРИШДА ҲУҚУҚИЙ
personmaftuna 15-12-24, 23:16“2024-2025 йилларда жамиятда ҳуқуқий маданиятни юксалтириш бўйича чора-тадбирлар дастурини тасдиқлаш тўғрисида”ги...