Kuzatuvchi » Siyosiy » ALOHIDA HOLATLARDA TIBBIYOT MUASSASASIDA BEMORLAR TOMONIDAN OLIB KELINGAN DORI VOSITALARI VA TIBBIY BUYUMLAR ULARNI ISHLATISHGA RUXSAT BERISH TARTIBI

ALOHIDA HOLATLARDA TIBBIYOT MUASSASASIDA BEMORLAR TOMONIDAN OLIB KELINGAN DORI VOSITALARI VA TIBBIY BUYUMLAR ULARNI ISHLATISHGA RUXSAT BERISH TARTIBI

O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligining 2023-yil 25-maydagi 13-sonli buyrug‘i (30.05.2023-yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3437) bilan "Alohida holatlarda tibbiyot muassasasida bemorlar tomonidan olib kelingan dori vositalari va tibbiy buyumlarni ishlatishga ruxsat berish tartibi to‘g‘risida"gi nizom tasdiqlandi.

 

Mazkur nizomga ko'ra bemorlar tomonidan tibbiyot muassasasiga olib kelingan dori vositalari va tibbiy buyumlarni ishlatishga ruxsat berishda davolovchi shifokor tomonidan:

ushbu dori vositalari va tibbiy buyumlarning shifokor tomonidan yozilgan retseptda ko‘rsatilganligi;

dori vositalari va tibbiy buyumlarning o‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati, birlamchi va ikkilamchi o‘ramdagi ma’lumotlarning mos kelishi, tashqi ko‘rinishining butligi;

bemorning xozirgi xolatidagi kasallikning turi va og‘irlik darajasi, kasallikning kechishi, bemorning yoshi, vazni, shuningdek dori vositalarining tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomalarida ko‘rsatilgan qarshi ko‘rsatmalar, nojo‘ya ta’sirlar hamda dori vositalarining o‘zaro ta’sirlashuvi to‘g‘risidagi ma’lumotlar tekshiriladi.

Bunda, bemorlar tomonidan tibbiyot muassasasiga olib kelingan dori vositalari va tibbiy buyumlar Nizomda nazarda tutilgan talablarga javob berganda, davolovchi shifokor tomonidan shu tibbiyot muassasasining tor mutaxassisi bilan maslahatlashilgan holda mazkur dori vositalari va tibbiy buyumlarni ishlatishga ruxsat beriladi. https://www.lex.uz/uz/docs/-6477300

Quyidagilar tibbiyot muassasasi xodimlari (davolovchi shifokor hamda bo‘lim hamshirasi)ning huquqlari hisoblanadi:

bemorlar tomonidan tibbiyot muassasasiga olib kelingan dori vositalari va tibbiy buyumlar alohida saqlash sharoitlarini talab etadigan bo‘lsa, ushbu dori vositalari va tibbiy buyumlarni tibbiyot muassasasining muolaja xonasida (shu jumladan ushbu xonadagi muzlatgichda) saqlash uchun bemorlardan talab qilib olish;

bemorlar tomonidan tibbiyot muassasasiga shifokor retseptida ko‘rsatilmagan dori vositalari va tibbiy buyumlar olib kelingan taqdirda, ushbu dori vositalari va tibbiy buyumlarni tibbiyot muassasasiga qabul qilmaslik hamda ishlatishga ruxsat bermaslik.

Bemorlarning majburiyatlari quyidagilar hisoblanadi:

o‘zlari bilan olib kelgan dori vositalari va tibbiy buyumlarni (agar ular alohida saqlash sharoitlarini talab etmasa) tibbiyot muassasasi xodimlari (davolovchi shifokor hamda bo‘lim hamshirasi)ning tekshiruvidan o‘tkazgan holda muolaja xonasida saqlash chorasini ko‘rish;

o‘zlari bilan olib kelgan dori vositalari va tibbiy buyumlarni (agar ular alohida saqlash sharoitlarini talab etsa) tibbiyot muassasasining muolaja xonasida (shu jumladan ushbu xonadagi muzlatgichda) saqlash uchun tibbiyot muassasasi xodimlari (davolovchi shifokor, bo‘lim hamshirasi)ga topshirish.

 

Zafarbek NIYOZMATOV, 

Hazorasp tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i. 

 

Boshqa maqolalar

ЗАОЧНЫЙДА ЎҚИШ ДАВРИ ИШ СТАЖИГА ҚЎШИЛМАЙДИМИ?

personmaftuna 27-03-24, 00:47
0 ЗАОЧНЫЙДА ЎҚИШ ДАВРИ ИШ СТАЖИГА ҚЎШИЛМАЙДИМИ?

Фуқароларнинг давлат пенсия таъминоти тўғрисидаги қонун 37-моддасига асосан: олий таълим муассасаларида, аспирантурада,...

ODAMNING IMMUNITET TANQISLIGI VIRUSI TARQALISHIGA QARSHI

personmaftuna 18-03-24, 01:51
0 ODAMNING IMMUNITET TANQISLIGI VIRUSI    TARQALISHIGA QARSHI KURASHISH TO‘G‘RISIDA

Odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan surunkali yuqumli immunitet tanqisligi kasalligi O‘zbekiston...

АМАЛ ҚИЛИНГ

personmaftuna 27-03-24, 10:53
0 АМАЛ ҚИЛИНГ

Қизил китобга киритилган ҳайвон турларига мансуб ноёб ёки йўқ бўлиб кетиш хавфида турган ҳайвонларни йўқ қилиб юбориш,...

menu
menu