Kuzatuvchi » Siyosiy » “O‘ZBEKISTON QAYTA SUG‘URTA KOMPANIYASI” MILLIY QAYTA SUG'URTA TASHKILOTI TASHKIL ETILADI

“O‘ZBEKISTON QAYTA SUG‘URTA KOMPANIYASI” MILLIY QAYTA SUG'URTA TASHKILOTI TASHKIL ETILADI

“Mamlakatimizda qayta sug'urta tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ-191-son, 23.05.2025-y.) qabul qilindi.

 

Qarorga ko'ra, qayta sug'urta tizimini 2025-yilda yanada takomillashtirishning asosiy maqsadlari etib quyidagilar belgilandi: 

 

-milliy qayta sug'urta bozori hajmini 4 trln so'mga yetkazish;

 

-qayta sug'urta xizmatlari eksportini kamida 30 foizga oshirish;

 

-xalqaro hamkorlikni kengaytirish va qayta sug'urta sohasiga jalb qilinadigan investisiyalar hajmini 150,0 mlrd so'mgacha oshirish.

 

Qarorga ko'ra, “O‘zbekiston qayta sug‘urta kompaniyasi” milliy qayta sug'urta tashkiloti (Kompaniya) tashkil etiladi va uning faoliyati asosiy yo'nalishlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:

 

-sug'urta faoliyati to'g'risidagi qonunchilikka muvofiq barcha qayta sug'urta qilish turlarini amalga oshirish;

 

-xorijiy va mahalliy investorlarning respublika iqtisodiyotiga kiritadigan to'g'ridan-to'g'ri va portfel investisiyalarining hamda investisiya loyihalari bo'yicha tavakkalchiliklarning kompleks qayta sug'urta himoyasini ta'minlash.

 

Yangibozor tuman adliya bo’limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi.

 

 

Boshqa maqolalar

RAMAZON HAYITINI NISHONLASH 30 MART KUNI BOSHLANADI

personmaftuna 19-05-25, 02:02
0 RAMAZON HAYITINI NISHONLASH 30 MART KUNI BOSHLANADI

Prezidentning 26.03.2025- yildagi " Muborak Ramazon hayitini nishonlash to ʻ g ʻ risida " gi PQ -124- son qarori qabul...

МИЛЛИЙ ИНВЕСТИЦИЯ ЖАМҒАРМАСИ ТАШКИЛ ЭТИЛАДИ

personmaftuna 15-12-24, 18:24
0 МИЛЛИЙ ИНВЕСТИЦИЯ ЖАМҒАРМАСИ ТАШКИЛ ЭТИЛАДИ

“Ўзбекистон Республикаси миллий инвестиция жамғармасини ташкил этиш тўғрисида”ги Президент Қарори (ПҚ-303-сон,...

MULK HUQUQINI TASDIQLOVCHI DAVLAT ORDERI BERISH BOʻYICHA

personmaftuna 24-06-24, 09:20
0 MULK HUQUQINI TASDIQLOVCHI DAVLAT ORDERI BERISH BOʻYICHA DAVLAT ХIZMATLARINI KOʻRSATISH TARTIBI TASDIQLANDI

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 29.05.2024-yildagi “Davlat mulkini boshqarish sohasi...

menu
menu