Kuzatuvchi.uz / “O‘ZBEKISTON QAYTA SUG‘URTA KOMPANIYASI” MILLIY QAYTA SUG'URTA TASHKILOTI TASHKIL ETILADI

“O‘ZBEKISTON QAYTA SUG‘URTA KOMPANIYASI” MILLIY QAYTA SUG'URTA TASHKILOTI TASHKIL ETILADI

“Mamlakatimizda qayta sug'urta tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ-191-son, 23.05.2025-y.) qabul qilindi.

 

Qarorga ko'ra, qayta sug'urta tizimini 2025-yilda yanada takomillashtirishning asosiy maqsadlari etib quyidagilar belgilandi: 

 

-milliy qayta sug'urta bozori hajmini 4 trln so'mga yetkazish;

 

-qayta sug'urta xizmatlari eksportini kamida 30 foizga oshirish;

 

-xalqaro hamkorlikni kengaytirish va qayta sug'urta sohasiga jalb qilinadigan investisiyalar hajmini 150,0 mlrd so'mgacha oshirish.

 

Qarorga ko'ra, “O‘zbekiston qayta sug‘urta kompaniyasi” milliy qayta sug'urta tashkiloti (Kompaniya) tashkil etiladi va uning faoliyati asosiy yo'nalishlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:

 

-sug'urta faoliyati to'g'risidagi qonunchilikka muvofiq barcha qayta sug'urta qilish turlarini amalga oshirish;

 

-xorijiy va mahalliy investorlarning respublika iqtisodiyotiga kiritadigan to'g'ridan-to'g'ri va portfel investisiyalarining hamda investisiya loyihalari bo'yicha tavakkalchiliklarning kompleks qayta sug'urta himoyasini ta'minlash.

 

Yangibozor tuman adliya bo’limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi.

 

 

Вчера, 20:15
Saytga qaytish