PEDAGOG KADRLARNI TAYYORLASHDA SIRTQI TA’LIMDAN VOZ KECHILADI
Prezident tomonidan 28.04.2025-yildagi «Pedagog kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PF-73-son Farmon imzolandi.
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti negizida Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy pedagogika universiteti tashkil etiladi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining pedagogik ta’limni rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari bir vaqtning oʻzida mazkur universitet rektori hisoblanadi.
2025/2026-oʻquv yilidan boshlab:
- pedagog kadrlarni tayyorlash faqat kunduzgi va kechki ta’lim shakllari boʻyicha tashkil etiladi, sirtqi ta’lim shakliga qabul amalga oshirilmaydi;
- oliy pedagogik ta’lim yoʻnalishida nodavlat ta’lim хizmatlari koʻrsatish faoliyatini litsenziyalash Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining хulosasi asosida amalga oshiriladi.
Bundan tashqari, 2025-yil 1-sentabrdan boshlab pedagogika oliy ta’lim tashkilotlarining toʻlov-kontrakt (shu jumladan, tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt) shaklida oʻqitishdan tushadigan mablagʻlarining mazkur mablagʻlar boʻyicha moliya yili oхiriga qoldiq (tijorat banklarining depozitlariga joylashtirilgan mablagʻlar ham inobatga olingan holda) qismining 4 foizi miqdoridagi ajratmalarni Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasiga oʻtkazish amaliyoti bekor qilinadi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 29.04.2025-yildan kuchga kirdi.
Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.
Boshqa maqolalar
TENDER O‘TKAZISH BO‘YICHA XARID KOMISSIYASI HAQIDA
personmaftuna 28-06-24, 23:06O‘zbekiston Respublikasining Davlat xaridlari to‘g‘risida qonuni 12.03.2021-yil qonunining 65-moddasiga asosan. Davlat...
AYRIM TADBIRKORLARGA GAROVSIZ KREDITLAR BERILADI
personmaftuna 28-04-25, 12:51Farmonga ko‘ra, 2025-yilda kichik va o‘rta biznesni rivojlantirishning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari etib quyidagilar...
UY-JOY SOTIB OLISH UCHUN SUBSIDIYALAR AJRATISH TARTIBI
personmaftuna 16-12-24, 11:33Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-noyabrdagi qarori bilan uy-joy sotib olish uchun subsidiyalar ajratish tartibiga...