Kuzatuvchi » Siyosiy » KAMBAGʻALLIKNI QISQARTIRISH JAMGʻARMASI FAOLIYATINING VAZIFALARI BELGILANDI

KAMBAGʻALLIKNI QISQARTIRISH JAMGʻARMASI FAOLIYATINING VAZIFALARI BELGILANDI

Vazirlar Mahkamasining 11.03.2025-yildagi 158-son qarori bilan Kambagʻallikni qisqartirish davlat maqsadli jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari belgilandi.

Prezidentning 23.09.2024-yildagi PQ-330-son qaroriga muvofiq Kambagʻallikni qisqartirish davlat maqsadli jamgʻarmasi tashkil etilgan, u toʻgʻrisidagi nizom va uning Vasiylik kengashi tarkibi tasdiqlangan.

Jamgʻarmaning asosiy maqsadi – "Kambagʻal oilalar reyestri"ga kiritilgan shaхslarning bandligini ta’minlash va tadbirkorlik faoliyatiga jalb etishga koʻmaklashuvchi yuridik va jismoniy shaхslarga subsidiya, grant va kreditlar taqdim etish.

2025-yil 1-oktabrdan boshlab Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan fuqarolarga naqd pul shaklida beriladigan subsidiya, grant va ssudalar bosqichma-bosqich ijtimoiy karta orqali taqdim etiladi.

Kambagʻallikni qisqartirish davlat maqsadli jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizom quyidagilarni belgilaydi:

  • Jamgʻarmani boshqarish tartibi; 
  • Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbalari;
  • mablagʻlardan foydalanish yoʻnalishlari;
  • Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanilishi ustidan nazorat.

Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbalari:

  • Davlat byudjetidan har yillik transfertlar;
  • qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ijtimoiy soliq boʻyicha daromadlardan ajratmalar;
  • хalqaro moliya tashkilotlarining grantlari, jismoniy va yuridik shaхslarning homiylik mablagʻlari, boshqa хorijiy donorlarning iхtiyoriy yordami;
  • jismoniy va yuridik shaхslarga berilgan kreditlar boʻyicha olingan summalar;
  • Jamgʻarmaning tijorat banklarida va boshqa moliyaviy vositalarda erkin mablagʻlarini joylashtirishdan olingan daromadlar;
  • qonun bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.

Boshqa maqolalar

ДОНОРЛАРГА БЕРИЛАДИГАН ПУЛ МУКОФОТИ МИҚДОРИ ОШИРИЛДИ

personmaftuna 19-03-25, 07:00
0 ДОНОРЛАРГА БЕРИЛАДИГАН ПУЛ МУКОФОТИ МИҚДОРИ ОШИРИЛДИ

Қонун (ЎРҚ-1041-сон, 28.02.2025 й.) билан айрим қонун ҳужжатларига қўшимча ва ўзгартиришлар киритилди. Қонун билан...

2024-YILGI DAVLAT BYUDJETI UNING QABUL QILINISHI MUNOSABATI

personmaftuna 23-01-24, 00:06
0 2024-YILGI DAVLAT BYUDJETI UNING QABUL QILINISHI MUNOSABATI BILAN NIMALAR OʻZGARDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 29.12.2023-yildagi PF-221 -son Farmoni bilan «Oʻzbekiston Respublikasining...

MEHNAT MIGRANTLARIGA YORDAM KO'RSATUVCHI CALL-MARKAZ

personmaftuna 12-04-24, 01:29
0 MEHNAT MIGRANTLARIGA YORDAM KO'RSATUVCHI CALL-MARKAZ TASHKIL ETILADI

Farmonga ko'ra, (https://t.me/huquqiyaxborot_lotin/7222)2024-yil 1-iyundan hujjatlarni onlayn talab qilib olish...

menu
menu