OLIY TA’LIM TASHKILOTLARIDA GRANTLARNI QAYTA TAQSIMLASH TARTIBI BELGILANDI
Vazirlar Mahkamasining 10.03.2025-yildagi 143-son qarori bilan oliy ta’lim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi belgilandi.
Nizom ikkinchi va undan yuqori kurslarda yuqori akademik oʻzlashtirish koʻrsatkichlariga erishgan va Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan ijtimoiy faol talabalar oʻrtasida oliy ta’lim tashkilotlari tomonidan ta’lim grantlarini qayta taqsimlash hamda qoʻshimcha grant taqdim etish tartibini belgilaydi.
Oliy ta’lim tashkiloti granti bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari boʻyicha tahsil oluvchi, oʻrtacha balli 3,3 dan 4 gacha boʻlgan talabalarning alohida toifalariga taqdim etilib, navbatdagi oʻquv yili uchun belgilangan toʻlov-kontrakt summasining 20 foizdan 80 foizgacha boʻlgan qismini ushbu oliy ta’lim tashkilotining byudjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan qoplaydi.
Ikkinchi va undan keyingi kurslar uchun ta’lim grantlari soni oliy ta’lim tashkiloti rektori (direktori) tomonidan taqsimlanadi. Ular bakalavriat ta’lim yoʻnalishi, ta’lim tili va kurslar kesimida talabalar sonidan kelib chiqib, toʻliq ta’lim granti va toʻliq boʻlmagan ta’lim grantiga ajratiladi.
Grantlar miqdori oʻquv yili yakunlanishidan kamida olti oy oldin oliy ta’lim tashkilotining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.
Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.
Boshqa maqolalar
ЁШЛАРГА ЕР АЖРАТИШ ОРҚАЛИ УЛАРНИНГ ДАРОМАДЛАРИ ОШИРИЛАДИ ВА
personmaftuna 30-01-25, 10:17“Ёшларга ер ажратиш орқали уларнинг даромадларини ошириш ва бандлигини таъминлаш, шунингдек, янги ер майдонларини...
BILASIZMI?
personmaftuna 19-05-24, 19:16Sayyor soliq tekshiruvlari va soliq auditi qarorlari ustidan tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri sudga shikoyat qilish mumkin. Prezident...
MAKTABLARDA HUQUQ SINFLARI TASHKIL QILINADI
personmaftuna 30-09-24, 07:18“Davlat ta'lim muassasalarida yuridik ta'limning uzluksiz tizimini joriy etish hamda voyaga yetmagan yoshlarning...