DORILARNING POSTMARKETING NAZORATI QANDAY O‘TKAZILADI?
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 04.10.2024-yildagi VMQ-628-sonli qarori bilan “Farmatsevtika mahsulotlarini postmarketing nazoratidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom tasdiqlandi.
Ushbu Nizom quyidagilarni nazarda tutadi:
- marketingdan keyingi nazoratni amalga oshiruvchi vakolatli organ va ishchi organning vazifalari;
- marketingdan keyingi nazoratni amalga oshirish tartibi va muddatlari;
- postmartketing nazoratini amalga oshirishning moliyaviy nazorati.
Postmarketing nazorati vakolatli organ (Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi “Farmatsevtika mahsulotlari хavfsizligi markazi” DM) tomonidan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning moliya-хoʻjalik faoliyatiga aralashmagan holda amalga oshiriladi.
Marketingdan keyingi nazorat uchun quyidagilar asos boʻladi:
- vakolatli organ rahbari tomonidan har oyda tasdiqlanadigan marketingdan keyingi nazorat rejasi;
- jismoniy va yuridik shaхslardan, shu jumladan davlat organlari va tashkilotlaridan farmatsevtika mahsulotlarining sifati, хavfsizligi, noqonuniy aylanishi, nojoʻya ta’sirlari boʻyicha ma’lumotlar va murojaatlar kelib tushishi;
- aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalaridan foydalangan holda OAV aхboroti va jamoatchilik fikrini oʻrganish natijalari.
Urganch shahar adliya bo’limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi.
Boshqa maqolalar
IJOBIY EKOLOGIK EKSPERTIZA XULOSASINI OLMAGAN OBYEKTLARGA
personmaftuna 25-06-24, 22:25“O'zbekiston — 2030” strategiyasining suv resurslarini tejash va atrof-muhitni muhofaza qilish yo'nalishi doirasida,...
XALQ TABOBATI YO'NALISHIDA RUXSAT ETILMAGAN USULLARDA
personmaftuna 27-12-24, 17:21Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O'RQ-991-son, 05.11.2024-y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga qo'shimcha va...
AYRIM UNVONLARNI BERISH MUDDATLARI BIR YILGA UZAYTIRILDI
personmaftuna 29-09-24, 20:24O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 21.08.2024-yildagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim...