Kuzatuvchi » Siyosiy » DEKRIMINALIZATSIYA: AYRIM YENGIL TAN JAROHATLARI UCHUN JINOIY JAVOBGARLIK BEKOR QILINADI

DEKRIMINALIZATSIYA: AYRIM YENGIL TAN JAROHATLARI UCHUN JINOIY JAVOBGARLIK BEKOR QILINADI

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 07.10.2024-yildagi “Huquqbuzarliklar va jinoyatlarning oldini olish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga hamda Oʻzbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi OʻRQ-972-son Qonun imzolandi.

Endilikda sogʻliqning qisqa muddatga yomonlashuviga yoki mehnat qobiliyatining uncha uzoq boʻlmagan muddatga yoʻqolishiga olib kelmagan qasddan badanga yengil shikast yetkazish jinoyat hisoblanmaydi.

Biroq sogʻliqning qisqa vaqt, ya’ni olti kundan ortiq, ammo yigirma bir kundan koʻp boʻlmagan muddatga yomonlashuviga yoki umumiy mehnat qobiliyatining uncha uzoq boʻlmagan muddatga yoʻqotilishiga sabab boʻlgan qasddan badanga yengil shikast yetkazganlik uchun jinoiy javobgarlik saqlanib qolmoqda.

Bunday qilmishlarni diniy taasublar zamirida, bir guruh shaхslar tomonidan yoki qurolni ishlatib sodir etganlik uchun 1 yildan 2 yilgacha ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum etish jazosi nazarda tutilmoqda.

Shu bilan birga, qasddan badanga yengil shikast yetkazganlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirilmoqda: ushbu qilmishga BHMning 5 baravaridan 25 baravarigacha miqdorda jarima yoki 15 sutkagacha qamoq nazarda tutilmoqda.

Bundan tashqari, quyidagi ma’muriy huquqbuzarliklarni sodir etgan shaхs, agar u oʻz aybiga iqror boʻlsa, jabrlanuvchi bilan yarashsa va yetkazilgan zararni bartaraf etsa, ma’muriy javobgarlikdan ozod etilishi mumkin:

  • oz miqdorda talon-toroj;
  • topib olingan mol-mulkni yashirish;
  • transport vositalarining ichki jihozlariga shikast yetkazish

 

Urganch shahar adliya bo’limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi.



Boshqa maqolalar

SHAHAR MUHITIDA NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLAR EHTIYOJLARI

personmaftuna 29-09-24, 20:56
0 SHAHAR MUHITIDA NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLAR EHTIYOJLARI UCHUN SHAROITLAR YARATILADI

O‘zbekiston Respublikasi Prezident i ning 18.07.2024-yildagi "Nogironligi bo‘lgan shaxslarga qulay va to‘siqlarsiz...

QONUNCHILIKKA KO'RA, DAVLAT OTMLARI MAGISTRATURA BOSQICHIGA

personmaftuna 30-09-24, 07:16
0 QONUNCHILIKKA KO'RA, DAVLAT OTMLARI MAGISTRATURA BOSQICHIGA KONTRAKT ASOSIDA QABUL QILINGAN VA TA'LIM OLAYOTGAN XOTIN-QIZLARNING TO'LOV-KONTRAKTNING TO'LIQ SUMMASI BYUDJETDAN QOPLAB BERILADI

Qonunchilikka ko'ra, davlat OTMlari magistratura bosqichiga kontrakt asosida qabul qilingan va ta'lim olayotgan...

AMAL QILING

personmaftuna 03-06-24, 14:41
0 AMAL QILING

Haydovchi mastlik holati bo‘yicha tekshiruvdan bo‘yin tovlasa, 1 yilu 6 oydan 3 yilgacha muddatga transportni...

menu
menu