Kuzatuvchi » Siyosiy » XALQ TABOBATI YO'NALISHIDA RUXSAT ETILMAGAN USULLARDA DAVOLASH XIZMATLARINI REKLAMA QILISH TAQIQLANDI

XALQ TABOBATI YO'NALISHIDA RUXSAT ETILMAGAN USULLARDA DAVOLASH XIZMATLARINI REKLAMA QILISH TAQIQLANDI

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O'RQ-991-son, 05.11.2024-y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga qo'shimcha va o'zgartirishlar kiritildi.

🔰 Unga ko'ra, fuqarolarga tibbiy tashxis qo'yish va ularni davolash xizmatlarini xalq tabobati sohasidagi faoliyat bilan shug'ullanish huquqiga ega bo'lmagan shaxs tomonidan ko'rsatganlik, shuningdek, xizmatlarni xalq tabobati yo'nalishida ruxsat etilmagan usullarni qo'llagan holda moddiy qimmatliklar olish yoki mulkiy manfaatdor bo'lish evaziga ko'rsatganlik uchun ma'muriy javobgarlik belgilanmoqda.

❗️Mazkur xizmatlarni omma oldida targ'ib qilganlik uchun ham ma'muriy javobgarlik o'rnatilmoqda. 

Shuningdek, xalq tabobati yo'nalishida ruxsat etilmagan usullarni qo'llagan holda fuqarolarga tashxis qo'yish va ularni davolash xizmatlarini reklama qilish taqiqlanmoqda.

  

Yangibozor tuman adliya bolimi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi. 

Boshqa maqolalar

MA’MURIY JAVOBGARLIKNI OG‘IRLASHTIRUVCHI HOLATLAR

personmaftuna 24-03-24, 17:50
0 MA’MURIY JAVOBGARLIKNI OG‘IRLASHTIRUVCHI HOLATLAR

Ma’muriy javobgarlikni og‘irlashtiruvchi holatlarga: g‘ayrihuquqiy harakatlarni to‘xtatish vakolati bor shaxslar...

TAQSIMLASH ELEKTR TARMOQLARIDAN FOYDALANISH QOIDALARI

personmaftuna 20-02-25, 11:46
0 TAQSIMLASH ELEKTR TARMOQLARIDAN FOYDALANISH QOIDALARI ISHLAB CHIQILDI

O ‘ zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 09.10.2024-yildagi VMQ-652-sonli qarori bilan 2025-yil yanvardan...

“TOZA QOʻLLAR” DASTURI QANDAY AMALGA OSHIRILADI?

personmaftuna 21-05-25, 13:14
0 “TOZA QOʻLLAR” DASTURI QANDAY AMALGA OSHIRILADI?

Vazirlar Mahkamasining 06.05.2025-yildagi "Sogʻliqni saqlash va ta’lim tashkilotlarida ichimlik suvi hamda...

menu
menu