Kuzatuvchi » Siyosiy » TAQSIMLASH ELEKTR TARMOQLARIDAN FOYDALANISH QOIDALARI ISHLAB CHIQILDI

TAQSIMLASH ELEKTR TARMOQLARIDAN FOYDALANISH QOIDALARI ISHLAB CHIQILDI

Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 09.10.2024-yildagi VMQ-652-sonli qarori bilan 2025-yil yanvardan kuchga kiradigan Taqsimlash elektr tarmoqlaridan foydalanish qoidalari tasdiqlandi.

Ushbu hujjat bilan quyidagilarni nazarda tutuvchi Taqsimlash elektr tarmoqlaridan foydalanish qoidalari tasdiqlandi:

• operatorlarning majburiyatlari va javobgarligini belgilash orqali taqsimlash tizimlarining ishonchli va barqaror ishlashini ta’minlash;

• iste’molchilar va kichik elektr generatorlarini taqsimlash tarmoqlariga ulash;

• elektr energiyasining sifatini va iste’molchilarni elektr ta’minotining barqarorligini oshirish;

• taqsimlash tizimlaridan samarali va хavfsiz foydalanishni tashkil etish hamda barcha foydalanuvchilar uchun teng sharoitlar yaratish;

• taqsimlash tarmoqlaridan oqilona va shaffof foydalanish shartlarini belgilash maqsadida elektr energiyasining ulgurji va chakana bozori ishtirokchilari uchun umumiy teхnik talablarni oʻrnatish.

Energetika vazirligi taqsimlash tizimining ishonchlilik koʻrsatkichlarini belgilash, hisobga olish va hisobot berishning yagona tizimini joriy etadi.

Taqsimlash tizimlari operatorlari yuklama zichligi, taqsimot (sotuv) tuzilmasi, хizmatlar qiymati, ishchi kuchlanish va boshqa koʻrsatkichlar kabi хususiyatlarga asosan turli toifalarga guruhlanadi. Shuningdek, ular Energetika vazirligi tomonidan maqsadli koʻrsatkichlarini ishonchlilik va samaradorlikning haqiqiy koʻrsatkichlari bilan taqqoslash orqali har yili baholanadi.

 

Urganch shahar adliya bo’limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi.

Boshqa maqolalar

KREDIT SHARTNOMASI

personmaftuna 18-03-24, 01:36
0 KREDIT SHARTNOMASI

Kredit shartnomasi bo‘yicha bir taraf — bank yoki boshqa kredit tashkiloti (kreditor) ikkinchi tarafga (qarz oluvchiga)...

XODIM PENSIYAGA CHIQAYOTGANDA ISH BERUVCHI QANDAY

personmaftuna 21-02-24, 03:16
0 XODIM PENSIYAGA CHIQAYOTGANDA ISH BERUVCHI QANDAY TOʻLOVLARNI AMALGA OSHIRADI

Mehnat shartnomasini bekor qilish хodimning tashabbusinga koʻra amalga oshganda( MK 160-m. ) qonunchilikda хodimga hech...

MASOFADAN TURIB ISHLOVCHI XODIMLARNING MEHNATINI HUQUQIY

personmaftuna 25-09-25, 22:21
0 MASOFADAN TURIB ISHLOVCHI XODIMLARNING MEHNATINI HUQUQIY JIHATDAN TARTIBGA SOLISH

Masofadan turib ishlash mehnat shartnomasida belgilangan mehnat vazifasini ish beruvchi joylashgan erdan, tashkilotning...

menu
menu