ZULFIYA NOMIDAGI DAVLAT MUKOFOTI TALABGORLARINI TANLASH TARTIBI BELGILANDI
Hukumat Qarori (731-son, 01.11.2024-y.) bilan Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga talabgorlarni tanlash va ularning hujjatlarini taqdim etish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi
⚡️Unga ko‘ra, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti talabgorlarini tanlash, ularning hujjatlarini rasmiylashtirish va taqdim etish tartibi hamda yo‘nalishlar bo‘yicha talabgorlarning yutuqlari, ilmiy-ijodiy va amaliy ishlarini baholash mezonlari belgilandi.
➡️Talabgorlar 8 ta yo‘nalish — fan, ta’lim, adabiyot, madaniyat, san’at, sport, axborot texnologiyalari va jamoatchilik faoliyati bo‘yicha tanlovlar orqali saralanadi.
✅Mukofot ijtimoiy faolligi va iste’dodi bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan 14 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagan iqtidorli xotin-qizlarga o‘qish va mehnat faoliyatidagi yutuqlari uchun beriladi.
🔰Yo‘nalishlar bo‘yicha har bir o‘ringa munosib talabgorlarni tanlash quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
➖tuman (shahar) bosqichi — 2-sentabrdan 20-oktabrga qadar;
➖Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosqichi — 21-oktabrdan 30-noyabrga qadar;
➖respublika bosqichi — 1-dekabrdan 31-dekabrga qadar o‘tkaziladi.
🥇Mukofot har yili Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining 2 nafardan vakillariga — jami 28 nafar talabgorga beriladi.
📃Sovrindorlarga mukofotlanganlik haqidagi diplom, ko‘krak nishoni hamda BHMning 50 baravari miqdoridagi pul mukofoti har yili 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni arafasida tantanali vaziyatda topshiriladi.
N.NURJONOV,
Yangibozor tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i.
Boshqa maqolalar
“E-SAYLOV” AХBOROT TIZIMI QANDAY ISHLAYDI?
personmaftuna 29-09-24, 22:44Markaziy saylov komissiyasining "E-saylov" aхborot tizimi reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi qarori qabul qilindi...
МАЪМУРИЙ СУДЛАР ФАОЛИЯТИ ТАКОМИЛЛАШТИРИЛАДИ
personmaftuna 25-08-25, 02:37“Фуқаролар ва тадбиркорлик субъектларининг ҳуқуқларини суд орқали ҳимоя қилишнинг замонавий механизмларини жорий этиш...
AKADEMIK LITSEYLARGA QABUL: MUHIM 7 QOIDA
personmaftuna 29-06-24, 06:31Bugundan akademik liseylarga qabul boshlandi. O‘quvchilar hujjatlarini uydan chiqmasdan onlayn topshirishlari mumkin....