AKADEMIK LITSEYLARGA QABUL: MUHIM 7 QOIDA
Bugundan akademik liseylarga qabul boshlandi. O‘quvchilar hujjatlarini uydan chiqmasdan onlayn topshirishlari mumkin. hudud24.uz quyidagi maqola orqali qabul jarayoni va test sinovlariga oid ma’lumot beradi.
1. Hujjatlar elektron topshiriladi
Akademik litseylarga onlayn hujjat topshirish tizimi yoʻlga qoʻyilgan. Oʻquvchilar hujjatlarini https://litsey.edu.uz/ portali orqali topshirishi mumkin.
Elektron hujjat topshirish uchun ID karta yoki tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma maʼlumotlari hamda maktabning 9-sinfini tamomlaganlik toʻgʻrisidagi elektron shahodatnoma maʼlumotlari kerak boʻladi. Hujjat topshirish boʻyicha video yoʻriqnoma bilan bu yerda tanishish mumkin.
2. Oʻquvchilar 3 tagacha litseyni tanlashi mumkin
Elektron tizim orqali oʻquvchilar taʼlim yoʻnalishiga qarab 3 tagacha akademik litseyni tanlashi mumkin.
3. Test 2 ta boʻlimdan iborat boʻladi
Test sinovlari quyidagi boʻlimlardan tashkil topadi:
I boʻlim — tanlangan yoʻnalishga mos 2 ta fan boʻyicha test sinovlari;
II boʻlim — intellektual qobiliyat darajasi (IQ)ni aniqlash boʻyicha test.
4. Xalqaro olimpiada ishtirokchilari imtihonsiz qabul qilinadi
Xalqaro matematika olimpiadasi, Xalqaro fizika olimpiadasi, Xalqaro kimyo olimpiadasi, Xalqaro biologiya olimpiadasi, Xalqaro informatika olimpiadasi xalqaro fan olimpiadalarida ishtirok etgan yoki Xalqaro Jautikov Olimpiadasi, Xalqaro Mendeleyev olimpiadasi, Oʻsmirlar oʻrtasida Xalqaro Tabiiy fanlar olimpiadasi, Xalqaro Matematika musobaqasida gʻoliblik boʻlgan maktablarning 8-9-sinf oʻquvchilari akademik litseyning mos yoʻnalishiga qabul parametrlaridan tashqari imtihonsiz qabul qilinadi.
5. Maktab bitiruvchilari oʻrtasidagi olimpiada gʻoliblariga maksimal ball beriladi
Maktablarning 9-sinf bitiruvchilari orasidan fan olimpiadasining respublika bosqichida 1 – 3-oʻrinlar gʻoliblariga akademik litseyning mos yoʻnalishiga hujjat topshirganda, dastlabki yozma imtihondan ozod etiladi va ixtisoslik fani boʻyicha test sinovidan maksimal ball beriladi.
6. Chet tili va fan sertifikati borlarga fan boʻyicha maksimal ball beriladi
Chet tili va fanlarni bilish darajasi toʻgʻrisidagi milliy yoki xalqaro B1 sertifikatga ega boʻlgan oʻquvchilarga akademik litseylarga kirish test sinovlarining fanlar majmuasiga kiritilgan mos chet tili va fanlardan imtihonlarsiz maksimal ball beriladi.
7. Oʻquvchilar toʻplagan baliga qarab litseylarga taqsimlanadi
Oʻquvchining toʻplagan ballari ustuvorlik boʻyicha u tanlagan birinchi akademik litseyning yoʻnalishi boʻyicha oʻqishga qabul qilishga yetarli boʻlsa, uning kirish test sinovi natijalari ushbu akademik litsey yoʻnalishida eʼlon qilinadi va unga tanlagan ikkinchi hamda uchinchi akademik litsey yoʻnalishi boʻyicha tanlovda ishtirok etishga ruxsat etilmaydi.
Oʻquvchining toʻplagan ballari ustuvorlik boʻyicha u tanlagan birinchi akademik litsey yoʻnalishi boʻyicha oʻqishga qabul qilishga yetarli boʻlmay, u tanlagan ikkinchi akademik litsey yoʻnalishi boʻyicha oʻqishga qabul qilishga yetarli boʻlsa, uning kirish test sinovi natijalari ushbu ikkinchi akademik litsey yoʻnalishida eʼlon qilinadi. Bunda abituriyentga tanlagan uchinchi akademik litsey yoʻnalishi boʻyicha tanlovda ishtirok etishga ruxsat etilmaydi.
Oʻquvchining toʻplagan ballari ustuvorlik boʻyicha u tanlagan birinchi va ikkinchi akademik litseyning yoʻnalishi boʻyicha oʻqishga qabul qilishga yetarli boʻlmay, u tanlagan uchinchi akademik litsey yoʻnalishi boʻyicha oʻqishga qabul qilishga yetarli boʻlsa, uning kirish test sinovi natijalari faqat uchinchi akademik litsey yoʻnalishida eʼlon qilinadi.
Oʻquvchining toʻplagan ballari ustuvorlik boʻyicha u tanlagan birinchi, ikkinchi va uchinchi akademik litsey yoʻnalishi boʻyicha oʻqishga qabul qilishga yetarli boʻlmagan taqdirda, uning kirish test sinovi natijalari birinchi tanlagan akademik litsey yoʻnalishida eʼlon qilinadi.
T. O‘RAZBOYEV,
Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING FUQAROLIGINI TUG‘ILGANLIK
personmaftuna 14-06-24, 02:16Bola o‘zining tug‘ilgan joyidan qat’i nazar, agar tug‘ilgan paytida: ota-onasi (yolg‘iz otasi yoki onasi) O‘zbekiston...
INTELLEKTUAL MULK HUQUQLARI BUZILISHIGA OID ХULOSA QANDAY
personmaftuna 24-07-24, 20:18Adliya vazirining «Intellektual mulk toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablari buzilishi holatlari yuzasidan х...
FUQAROLAR TIBBIY YORDAMNI ELEKTRON NAVBAT ASOSIDA BEPUL
personmaftuna 26-12-24, 14:522025-yil 1-iyuldan quyidagilar davlat tibbiy sug'urtasi mexanizmlari joriy etilgan hududlarda tuman (shahar) va hududiy...