Kuzatuvchi.uz / ZULFIYA NOMIDAGI DAVLAT MUKOFOTI TALABGORLARINI TANLASH TARTIBI BELGILANDI

ZULFIYA NOMIDAGI DAVLAT MUKOFOTI TALABGORLARINI TANLASH TARTIBI BELGILANDI

Hukumat Qarori (731-son, 01.11.2024-y.) bilan Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga talabgorlarni tanlash va ularning hujjatlarini taqdim etish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi

⚡️Unga ko‘ra, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti talabgorlarini tanlash, ularning hujjatlarini rasmiylashtirish va taqdim etish tartibi hamda yo‘nalishlar bo‘yicha talabgorlarning yutuqlari, ilmiy-ijodiy va amaliy ishlarini baholash mezonlari belgilandi.

➡️Talabgorlar 8 ta yo‘nalish — fan, ta’lim, adabiyot, madaniyat, san’at, sport, axborot texnologiyalari va jamoatchilik faoliyati bo‘yicha tanlovlar orqali saralanadi.

Mukofot ijtimoiy faolligi va iste’dodi bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan 14 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagan iqtidorli xotin-qizlarga o‘qish va mehnat faoliyatidagi yutuqlari uchun beriladi.

🔰Yo‘nalishlar bo‘yicha har bir o‘ringa munosib talabgorlarni tanlash quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:

tuman (shahar) bosqichi — 2-sentabrdan 20-oktabrga qadar;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosqichi — 21-oktabrdan 30-noyabrga qadar;

respublika bosqichi — 1-dekabrdan 31-dekabrga qadar o‘tkaziladi.

🥇Mukofot har yili Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining 2 nafardan vakillariga — jami 28 nafar talabgorga beriladi.

📃Sovrindorlarga mukofotlanganlik haqidagi diplom, ko‘krak nishoni hamda BHMning 50 baravari miqdoridagi pul mukofoti har yili 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni arafasida tantanali vaziyatda topshiriladi.

 

N.NURJONOV,

Yangibozor tumani yuridik xizmat korsatish markazi boshligi.

27-12-2024, 17:17
Saytga qaytish