Kuzatuvchi » Siyosiy » MEHNAT MIGRANTLARIGA YORDAM KO'RSATUVCHI CALL-MARKAZ TASHKIL ETILADI

MEHNAT MIGRANTLARIGA YORDAM KO'RSATUVCHI CALL-MARKAZ TASHKIL ETILADI

Farmonga ko'ra,   (https://t.me/huquqiyaxborot_lotin/7222)2024-yil 1-iyundan hujjatlarni onlayn talab qilib olish bo'yicha konsullik yig'imlari miqdori fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etganlik haqida takroriy guvohnomalar berganlik uchun davlat boji miqdoriga tenglashtiriladi.

 

2024-yil 1-sentyabrgacha:

 

  • mehnat migrantlariga yordam ko'rsatish uchun tun-u kun ishlaydigan Call-markaz faoliyati tashkil etiladi; 

 

  • chet eldan chiquvchi abonentlar uchun Call-markaz raqamiga qo'ng'iroqlarni bepul asosda amalga oshirish imkoni yaratiladi.

 

  • 2025-yil 1-iyulgacha quyidagilar yaratiladi:

 

  • O'zbekistondan tashqariga chiquvchi va davlat hududiga kirib keluvchi shaxslarning aniq hisobini yuritish imkonini beruvchi yagona idoralararo va to'liq integratsiya qilingan elektron ma'lumotlar bazasi;

 

  • mehnat migrantlari uchun bo'lib turgan mamlakatlari va u yerdagi bo'sh ish o'rinlari to'g'risida ma'lumotlarni joylashtirish, vatandoshlar bilan onlayn muloqot qilish va pul o'tkazmalarini amalga oshirish, qiyin hayotiy vaziyatga tushib qolgan fuqarolarga yordam ko'rsatuvchi tashkilotlar bilan bog'lanish imkonini beruvchi mobil ilova.

 

  • 2024-yil 1-iyuldan xususiy bandlik agentliklariga xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish istagida bo'lgan shaxslarga O'zbekiston tashqarisida ishga joylashtirish bo'yicha xizmatlar ko'rsatganlik uchun haq undirishga ruxsat etiladi.

 

Yangibozor tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.

 

 

Boshqa maqolalar

O‘RINDOSHLIK ASOSIDA ISHLOVCHI SHAXSLARGA YILLIK MEHNAT

personmaftuna 24-03-24, 17:49
0 O‘RINDOSHLIK ASOSIDA ISHLOVCHI SHAXSLARGA YILLIK MEHNAT TA’TILLARI

Mehnat qonunchiligiga ko‘ra, o‘rindoshlik asosida ishlovchi shaxslarga yillik asosiy ta’tillar, shuningdek o‘rindoshlar...

NIKOH TUZISH TARTIBI VA SHARTLARI

personmaftuna 24-01-24, 16:04
0 NIKOH TUZISH TARTIBI VA SHARTLARI

O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 13-moddasida nikoh tuzish tartibi belgilangan bo‘lib, nikoh fuqarolik holati...

MAHKUM AFV ETILGANIDAN SO’NG SUDLANGANLIK HOLATI OLIB

personmaftuna 28-06-24, 01:03
0 MAHKUM AFV ETILGANIDAN SO’NG SUDLANGANLIK HOLATI OLIB TASHLANADIMI?

Sudlanganlik holatini tugallanishi ma’lum vaqt o’tishi bilan yuz beradi va bu muddat tugamasdan turib ham sud tomonidan...

menu
menu