NOQULAY TABIIY-IQLIM SHAROITLARIDA ISHLOVCHI AYRIM XODIMLARGA ISH STAJIDAN KELIB CHIQIB USTAMALAR TO‘LANADI
Hukumat qarori bilan “Uchquduq, Zarafshon, Nurobod shaharlari va Konimex tumanining Zafarobod shaharchasidagi budjet tashkilotlari xodimlariga kompensatsiya xususiyatiga ega bo‘lgan ustama to‘lash tartibi to‘g‘risida” gi Nizom tasdiqlandi.
Nizom Uchquduq, Zarafshon, Nurobod shaharlari va Konimex tumani Zafarobod shaharchasidagi (shaharlar) byudjet tashkilotlari xodimlariga kompensatsiya xususiyatiga ega bo‘lgan ustama to‘lash tartibini belgilaydi.
Shaharlardagi budjet tashkilotlari xodimlariga noqulay tabiiy-iqlim sharoitlarida ishlaganlik uchun oylik ustama to‘lovlari byudjet tashkilotlarida ishlagan ish stajidan kelib chiqib, kuyidagi miqdorlarda belgilanadi:
3 yilgacha ish stajiga ega bo‘lgan xodimlarga tarif stavkasining (lavozim maoshining) 0,25 foizi;
3 yildan 5 yilgacha ish stajiga ega bo‘lgan xodimlarga tarif stavkasining (lavozim maoshining) 0,5 foizi;
5 yildan ortiq ish stajiga ega bo‘lgan xodimlarga tarif stavkasining (lavozim maoshining) 0,75 foizi.
Oylik ustamani olish huquqini beruvchi ish stajiga quyidagilar kiritiladi:
shaharlardagi budjet tashkilotlarida xodimning ishlagan davri;
xodim haqiqatda ishlamagan bo‘lsa ham, lekin qonunchilikka asosan shaharlardagi budjet tashkilotlarida xodimning ish joyi (lavozimi) saqlangan davri;
«Navoiy kon-metallurgiya kombinati» aksiyadorlik jamiyati, «Navoiyuran» davlat korxonasi va «Navoiy kon-metallurgiya kombinati jamg‘armasi» davlat muassasasi tizimidan O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlim vazirligi tizimiga o‘tkazilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari xodimlarining ushbu korxonalarda ishlagan davri.
I.RAXIMBERGANOV,
Shovot tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
ELEKTRON HISOBVARAQ-FAKTURANI TOVAR-TRANSPORT YUK ХATI
personmaftuna 19-05-25, 08:20Vazirlar Mahkamasining 18.03.2025-yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga tovar-moddiy...
AYRIM OILALARGA FARZANDI MAKTABGACHA TA'LIM XIZMATIDAN
personmaftuna 17-09-25, 17:21Hukumat qarori (484-son, 31.07.2025-y.) bilan “Kambag'al oilalar reestriga kiritilgan rasmiy band bo'lgan yolg'iz ota...
OʻZDJTU QOSHIDA PEDAGOGLARNI QAYTA TAYYORLASH VA MALAKASINI
personmaftuna 12-08-24, 22:47Vazirlar Mahkamasining 11.07.2024-yildagi "Oliy ta’lim tashkilotlari rahbarlari va pedagoglarini qayta tayyorlash va...