Kuzatuvchi » Siyosiy » QONUNLARNING IJTIMOIY MUNOSABATLARNI TARTIBGA SOLISHDAGI ROLI YANA-DA MUSTAHKAMLANADI

QONUNLARNING IJTIMOIY MUNOSABATLARNI TARTIBGA SOLISHDAGI ROLI YANA-DA MUSTAHKAMLANADI

 O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti to‘g‘risida"gi hamda "Qonunlar loyihalarini tayyorlash va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘g‘risida"gi qonunlarga qonun loyihasini parlamentga kiritishda qonun loyihasining va xalqaro shartnoma loyihasining (matnining) o‘tkazilgan huquqiy ekspertizasi natijalarini nazarda tutuvchi qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Shuningdek qonun loyihasining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi va u bo‘yicha o‘tkazilgan jamoatchilik muhokamasi natijalarini taqdim etish to‘g‘risidagi talab belgilanmoqda.

Bundan tashqari, qonunchilik tashabbusi huquqi subyektiga o‘zi kiritgan qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda qabul qilinguniga qadar Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga taklif kiritish orqali uni chaqirib olish huquqini berishning huquqiy asosi belgilanmoqda.

Kiritilayotgan qo‘shimchalarga ko‘ra, qonun kuchga kirgan kundan eʼtiboran 5 yil o‘tgach, masʼul davlat organlarining va Oliy Majlis palatalari qo‘mitalarining tashabbusiga ko‘ra qonunning samaradorligini, unda belgilangan maqsadga va kutilayotgan natijalarga erishilganligini aniqlash uchun qonunning tartibga solish taʼsiri baholashdan o‘tkazilishi mumkin.

 

I.RAXIMBERGANOV,

Shovot tumani yuridik xizmat korsatish markazi bosh yuriskonsulti.

Boshqa maqolalar

QONUNCHILIKKA KO'RA, DAVLAT OTMLARI MAGISTRATURA BOSQICHIGA

personmaftuna 30-09-24, 07:16
0 QONUNCHILIKKA KO'RA, DAVLAT OTMLARI MAGISTRATURA BOSQICHIGA KONTRAKT ASOSIDA QABUL QILINGAN VA TA'LIM OLAYOTGAN XOTIN-QIZLARNING TO'LOV-KONTRAKTNING TO'LIQ SUMMASI BYUDJETDAN QOPLAB BERILADI

Qonunchilikka ko'ra, davlat OTMlari magistratura bosqichiga kontrakt asosida qabul qilingan va ta'lim olayotgan...

IJTIMOIY ХODIMLAR NOGIRONLAR VA QARIYALARGA GʻAMХOʻRLIK

personmaftuna 22-01-24, 23:53
0 IJTIMOIY ХODIMLAR NOGIRONLAR VA QARIYALARGA GʻAMХOʻRLIK QILISH SHAROITLARINI TEKSHIRISHGA HAQLI

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 29.12.2023-yildagi 705 -son qarori bilan aholining ijtimoiy himoya...

“ЎЗБЕКИСТОН – ТУРКМАНИСТОН” ЭРКИН САВДО ЗОНАСИ ТАШКИЛ

personmaftuna 29-03-24, 06:09
0 “ЎЗБЕКИСТОН – ТУРКМАНИСТОН” ЭРКИН САВДО ЗОНАСИ ТАШКИЛ ҚИЛИНАДИ

“Ўзбекистон – Туркманистон” эркин савдо зонасини ташкил этиш тўғрисида”ги Президент қарори (ПҚ-90-сон, 28.02.2024 й.)...

menu
menu