QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI SOHASIDA DAVLAT NAZORATI SAMARALI TASHKIL ETILADI
“Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida davlat nazoratini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to'g'risida” gi Prezident Farmoni (PF-66-son, 14.04.2025 y.) qabul qilindi.
Farmonga ko'ra, quyidagilar qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida davlat nazoratini takomillashtirishning asosiy maqsadlari etib belgilandi:
Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasini (Inspeksiya) mustaqil respublika ijro etuvchi hokimiyat organi sifatida shakllantirish;
qurilish, ko'p kvartirali uylarni boshqarish hamda ichimlik suvi ta'minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasida nazorat funksiyalarini to'liq raqamlashtirish;
xususiy sektor tomonidan amalga oshiriladigan nazorat tizimi mexanizmlarini shakllantirish.
2025-yil 1-maydan:
tadbirkor va qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida nazorat qilish hududiy inspeksiyalari o'rtasida shartnoma tuzilgan bo'lsa, tadbirkorlarning qurilish obyektlarida qisqa muddatli davlat qurilish nazorati tadbirlari shartnoma shartlari doirasida amalga oshiriladi va “Yagona davlat nazorati” axborot tizimida ro'yxatdan o'tkazilmaydi;
Inspeksiyaga xo'jalik yurituvchi subyektlarning moliyalashtirish manbalaridan qat'i nazar moliya-xo'jalik faoliyatiga aralashish qat'iyan taqiqlanadi.
T.DAVLETOV,
Shovot tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
BEGONA SHAXSLARNI UYDAN ROʻYXATDAN CHIQARISH UCHUN
personmaftuna 08-02-24, 09:49Vazirlar Mahkamasining 05.01.2024-yildagi “Mulk huquqining daxlsizligini ishonchli himoya qilish boʻyicha...
ЎРИНДОШЛИК АСОСИДА ИШЛОВЧИ ШАХСЛАР БИЛАН МЕҲНАТ
personmaftuna 08-06-25, 16:19Ўриндошлик асосида ишловчи шахс билан тузилган меҳнат шартномаси Меҳнат Кодексида ва бошқа қонунларда назарда тутилган...
TIBBIYOT TASHKILOTLARINI LITSENZIYALASH
personmaftuna 25-09-24, 00:53Vazirlar Mahkamasining 24.07.2024-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Tibbiyot...